Redmi Note 7 raqibi – Realme 3 ham 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  2304
  •  11.01.2019 17:07

Redmi Note 7 raqibi – Realme 3 ham 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lyapti!

«Xitoycha Apple»ning Redmi turkumidagi arzon smartfonlariga qarshi kurashish uchun Oppo ham o‘zining Realme brendini yaratgan. Natijada chindan ham hamyonbop smartfonlar bozorida Xiaomi unga yetakchilikni boy bergan.

O‘QING: Arzon smartfonlar qiroli endi Xiaomi emas – 95 dollarlik Realme C1’ni qarshi oling! (+«jonli» video)

Ushbu raqobat yanada rivojlanib borayotir: Oppo kompaniyasi kuni kecha taqdim qilingan atigi 150 dollarlik Redmi Note 7 modeliga raqib tayyorlayapti. Bugun – 11 yanvarda chiqqan xabarlarga qaraganda, bu Realme 3 rusumli smartfon bo‘lib, uning bosh kamerasida ham 48 megapiksellik datchikka ega.

Insayderlarning aytishlaricha, Realme 3 shu yilning birinchi choragida rasman namoyish qilinadi. Uning boshqa texnik xususiyatlari hozircha noma’lum, ammo taxminan raqibi – Redmi Note 7 darajasida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, hozircha mahsulotlarini faqat onlayn sotib kelayotgan Realme brendi yaqin orada Hindistonda o‘z do‘konlarini ham ochishi xabar qilingan. Ushbu smartfonlar asosan shu mamlakat bozorida sotilmoqda, Xiaomi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan ham olishingiz mumkin.

O‘QING: 809 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 11 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.