Redmi Note 7 rekord darajada arzonlashdi!

Redmi Note 7 rekord darajada arzonlashdi!

Xiaomi kompaniyasi iyul oyining oxirida Redmi Note 7 smartfonining narxini 203 dollardan 174 dollargacha tushirgan edi. Endi smartfon Xitoy bozorida yanada arzonlashadi.

Gap Redmi Note 7 smartfonining 6/64 GB talqindagisi haqida ketmoqda. 6 avgustdan boshlab ushbu qurilmani kompaniyaning Xiaomi Mall shaxsiy do‘konlarida 144 dollardan sotib olish mumkin bo‘ladi.

Aytish lozimki, Xiaomi yangi smartfon namoyishidan avval Redmi Note 7 narxini arzonlashtirishga qaror qilgan. 64 megapiksellik kameraga ega bo‘lgan Redmi Note 8 esa ertagayoq taqdim qilinishi haqida aytib o‘tgan edik. Bu xabarni kompaniya rahbari Lyu Veybing ham tasdiqlab o‘tgan. Ushbu model 64 megapikselli kameraga ega dunyodagi ilk smartfonga aylanishi mumkin. Yomon taraflaridan biri shuki, Redmi Note 8 lineykaning narx chegarasini ancha ko‘tarib yuborishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!