To‘liq tavsif: Redmi Note 7 - 48 megapiksel kamerali hamyonbop smartfon

To‘liq tavsif: Redmi Note 7 - 48 megapiksel kamerali hamyonbop smartfon

2019 yilning yanvarida Xiaomi kompaniyasi shu vaqtgacha arzon smartfonlari uchun qo‘llab kelgan Redmi nomini alohida mustaqil subbrend sifatida taqdim etdi. Endilikda bu nom ostida kompaniyaning past va o‘rta narx toifasidagi modellari ishlab chiqarilmoqda. Qimmatroq smartfonlarga esa Mi brendi qo‘llaniladi.

Redmi Note 7 Redmi logotipi tushirilgan ilk smartfonlardan biri bo‘ldi. Quyidagi yangi tavsifimizda Xiaomi Redmi Note 7 smartfonining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot beramiz.

Texnik jihatlari

  • Protsessor: Qualcomm SDM660 Snapdragon 660 (14 nm), 8 ta Kryo 260 yadro (4 ta 2.2 GGs + 4 ta 1.8 GGs), grafika Adreno 512
  • Operatsion sistema: Android 9.0 (Pie) MIUI 10 interfeysi bilan
  • Displey: IPS LCD 6.3", 2340x1080, 409 ppi, 19.5:9
  • Xotira: 32/64/128 GB, OZU 3/4 GB + microSD 256 GB gacha (gibrid bo‘lma)
  • Sim-karta: 2 x nanoSIM
  • Sizmiz texnologiyalar: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2.4 i 5 GGs), Bluetooth 5.0
  • Asosiy kamera: 48 MP, f/1.8, 1/2", 0.8µm, PDAF + 5 MP, f/2.4, depth sensor
  • Old kamera: 13 MP, f/2.2, 1.25µm, HDR, 1080p@30fps
  • Akkumulyator: olinmaydigan, litiy-polimerniy, 4000 mA·ch,  9V/2A 18 Vt (Quick Charge 4)
  • O‘lchamlari: 159x75x8 mm
  • Vazni: 186 g

Dizayn va ergonomikasi

Kompaniya dizaynerlari telefon ustida haqiqatdan ham yaxshi ishlashgan. Ularga bu borada tan berish kerak. Fotosuratlar orqali Gorilla Glass 5 shishasi va loklangan korpusning plastik ramkasidagi yorug‘lik va ranglar jilosini yetkazib berolmaydi.

Korpusning tuzilishi standart – tugmachalar o‘ngda, multimediya karnayi mikrofon va USB-C porti bilan birga pastki qismda joylashgan. Korpusning yuqori qismida audio-chiqish va ikkinchi mikrofondan tashqari infraqizil port bo‘lib, uning yordamida smartfondan televizor, audiotizim va konditsionerlarni pult o‘rnida boshqarish mumkin.

Kartalar uchun bo‘lmacha umumlashtirilgan: 2 nanoSIM yoki nanoSIM + microSD.

Displeyga “gorilla”ning ustidan himoya oynasi zavodda aniq va ustalik bilan yopishtirilgan. Mazkur shisha barmoq izlarini o‘ta aniqlik bilan sezadi. Chaqnoqsiz old kamera xabarlar panelida minimal joyni egallagan bo‘lib, foydalanuvchining diqqatini tortmaydi.

Old panelning past qismida juda kichik signal yorug‘lik diodi joylashgan bo‘lib, avvaliga uni displey yoki himoya shishasidagi nuqson sifatida qabul qilish mumkin. U bir rangda (faqat oq), ko‘zga uncha tashlanmaydi. U smartfon quvvat olayotganda doimiy yoqilgan holatda bo‘ladi, ko‘rilmagan xabarlar bo‘lsa, yonib-o‘chib turadi.

Orqa panelda an’anaviy ravishda barmoq izi skaneri va qo‘shaloq svetodiod chaqnoqli qo‘shaloq kamera joylashgan. Redmi logotipi ostida har ehtimolga qarshi kompaniya haqida bilmaganlar uchun “by Xiaomi” yozuvi ilova qilingan.

Protsessori va tezkorligi

Smartfon Qualcomm SDM660 protsessori bilan ta’minlangan. Ushbu «motor» to‘rtta 1,8 GGs chastotali hamda yana to‘rtta xuddi shunday, biroq 2,2 GGs chastotali Kryo 460 yadrosidan tashkil topgan. U 14 nanometrli texnologik jarayonda tayyorlangan bo‘lib, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt doimiy xotira bilan to‘ldirilgan. Note7 Pro talqinida esa xotira mos ravishda 6 va 128 GBni tashkil etadi.

MIUI 10 dasturiy interfeysi Android 9 Pie operatsion tizimiga asoslangan. Ilovalar menyusi yo‘q, barchasi ish stolida joylashgan, papka va vidjetlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Telefonga oldindan ko‘plab ilovalar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning katta qismidan foydalanish uchun Mi-hisob ochilishi lozim. Ularning aksariyati Google ilovalari vazifalarini takrorlaydi. Smartfonda kompaniyaning o‘z «bulut»i, yo‘qolgan telefonni qidirish uchun ilova, antivirus, keraksiz «chiqindilar»ni tozalash, ilovalarni ishga tushirishni tezlashtirish ilovasi va boshqalar ham mavjud. Bularning barchasi uchun 64 GBlik doimiy xotiraning 14 GB qismi ajratilgan bo‘lib, foydalanuvchiga 50 GBga yaqin joy qoldirilgan.

AccuWeather`dan batafsil ob-havo ma’lumotlari, ekranga sig‘magan tasvirlar skrinshotini olish, skrinkasting (ekranni videoga olish), smartfonni boshqarishning qo‘shimcha vositalari (imo-ishoralar, displeyga ikki marta urib uni ochish, to‘liq ekran rejimi), shuningdek eng ko‘p foydalanuvchi ilova va funksiyalarni qo‘shish mumkin bo‘lgan tezkor foydalanish paneli (ishchi ekrandan o‘ngga svayp - surish bilan ochiladi) kabi foydali imkoniyatlar mavjud. Ekranni qulfdan chiqarmasdan turib pereklyuchatellar va ovozni boshqarish paneli, shuningdek kamera, fonar va Mi Remote masofadan boshqarish pultini ochish mumkin. Telefondagi tasvirlarni WiFi tarmog‘i orqali televizorga uzatish imkoniyati ham mavjud.

Note 7 displeyi yoqimli syurprizlarga boy. Kolorometr yordamida tekshirilganda, uning yorug‘lik uzatishi 200 dollargacha narxdagi smartfonlar uchun noyob holat ekani ma’lum bo‘ldi.

Note 7 smartfonida ranglarning boyitilgani va xilma-xilligini (kontrastnost) sozlash uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta instrument taqdim etilgan.

Masalan, ushbu sozlamalar orqali xilma-xillikning oshirilgan rejimi yoqilsa, tasvirlar quyosh nurlari ostida yanada tiniqroq ko‘rinadi, biroq moviy rang miqdori oshib ketgani sababli undan doimiy ravishda foydalanish tavsiya etilmaydi. Xilma-xillikni avtomat sozlash rejimi yoqilganida esa, tashqi muhit yorug‘ligiga ko‘ra u o‘zgarib turadi. Ranglarning boyitilganini faqatgina ushbu rejimda qo‘lda sozlash mumkin.

Displey sensori bir vaqtda 10 ta teginishni qayd eta oladi va umuman olganda yaxshi ishlaydi, biroq ba’zida klaviaturada yozayotganda displeyning o‘z va chap chetidagi harflar bosilganida yozilmay qolishi mumkin. Klaviaturadan tashqari boshqa barcha masalada hech qanday muammo kuzatilmadi.

Note 7 orqali musiqa tinglashda 15 ta turli xildagi quloqchinlar, shu jumladan Xiaomining aniq bir modellari uchun ovozni optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha sozlamalardan foydalanish mumkin.

Oddiy FM-modul faqat quloqchinlar ulangandagina ishlaydi. To‘lqin qabul qilish va radiokanallar tovushi sifati yaxshi.

Smartfonda televizor va boshqa qurilmalarni masofadan boshqarish uchun infraqizil port mavjud, biroq Xiaomining maxsus ilovasi faqatgina kompaniya texnikalari bilan ishlashga mo‘ljallanganga o‘xshaydi. Boshqa uskunalarni boshqarish uchun qo‘shimcha ilovalarni yuklash kerak bo‘lishi mumkin.

Note 7 barmoq izi skaneri muammosiz ishlaydi – egasini tez va birinchi martadanoq tanib oladi.

Kamera

Redmi Note 7 smartfonining eng kuchli jihati, hech shubhasiz uning kamerasidir. Uskuna avtoportretlarda orqa fonni xiralashtirishga yordam beruvchi yordamchi «dublyor» kamerali qo‘sh modul bilan ta’minlangan. Zum (yaqinlashtirish) va keng burchak rejimi mavjud emas, biroq bu unchalik muhim emas, chunki 48 megapikselli Samsung ISOCELL Bright GM1(jismoniy hajmi – 1/2’’, alohida piksel hajmi – 0,8 mkm) asosiy moduli bunga hojat qoldirmaydi.

Fokuslash tizimi – fazali, tez va ishonch bilan ishlaydi, na kunduzgi va na yaxshi yoritilmagan joyda tasvirga olishda hech qanday muammolar qayd etilmadi.

AI (sun’iy intellekt) rejimi bir qancha ob’yekt va sahnalarni aniqlay oladi.

Redmi Note 7 kamerasi standart sozlamada 12 megapiksel sig‘imda rasmga tushiradi (tasvirlar hajmi taxminan 4-5 Mbayt bo‘ladi). Bunda bitta pikselda to‘rttadan datchikni guruhlashtiruvchi Quad Bayer tizimi qo‘llanilgan. Bunday tizimli kameralar yaxshi yoritilmaydigan yerlarda odatdagidan ko‘ra to‘rt barobar tiniqroq tasvirlarni olishga zamin yaratadi. «Professional», ya’ni 48 megapikselli tasvirga olish rejimiga o‘tish uchun sozlamalarga kirish lozim. Bu rejimda fotosuratlar hajmi 12-13 Mbaytni tashkil etadi.

Standart rejimda yorug‘lik manbagi qarshi turgan insonlarni suratga olishda kamera sun’iy intelleki fotosuratning umumiy yorug‘ligi darajasini oshirish yoki siluet (bir xil rangli – bu ayniqsa botayotgan quyosh manzarasida suratga olishda asqotadi) tasvirga olishni taklif qiladi. Ikkisidan birini tanlash mumkin.

Portret rejimida barchasi standart – orqa fon xiralashtiriladi. Byutifikatorni (su’niy go‘zallashtirish, pardoz qilish) yoqish ham mumkin.

Tungi tasvirga olish rejimida smartfon kamerasi bir nechta tasvirlarni olib, so‘ngra ularni yuqori tiniqlikdagi yagona faylga birlashtiradi. Ushbu fotosuratlar sifati mutaxassislar tomonidan iliq qarshi olindi.

Xiaomi Redmi Note 7 kameralar interfeysi

Kameralar ilovasi - MIUI 10 uchun standart. Olingan tasvirlar ostida smartfon modeli nomi chiqib qolmasligi uchun sozlamalar orqali uni o‘chirib qo‘yish talab qilinadi.

Xiaomi Redmi Note 7 kameralari ishlashidan olingan umumiy taassurot – juda ijobiy. Albatta, ularning flagmanlar darajasiga chiqishida optik stabilizatsiya, yaqinlashtirish, tasvirga olish bo‘yicha keng imkoniyatlar (turli effektlar, RAW orqali suratga olish) ko‘plab kamchiliklar to‘siq bo‘ladi. Biroq o‘z narx toifasida barchasi yuqori darajada ishlab chiqilgan – Redmi Note 7 har qanday yorug‘likdagi joylarda sifatli tasvirlarni olishga imkon beradi.

Selfi uchun optik yorug‘lik kuchi f/2,0 bo‘lgan 13 megapikselli old kamera javobgar. Redmi Note 5 modelida ham xuddi shu modul qo‘llanilgan, biroq barchamizga ma’lum sababga ko‘ra chaqnoq o‘rnatilmagan. Tasvirlar sifati yomon emas. Orqa manzarani xiralashtirish imkoniyati mavjud, fokuslash masofasi qoniqarli.

Akkumulyator va avtonomlik

Note 7 ichiga joylashtirilgan protsessor smartfon bilan amalga oshiriladigan har qanday kundalik vazifalar – internetda kezish, video va audio, GPS-navigatsiya va boshqalar uchun yetib-ortadi. Balki qandaydir og‘ir o‘yin yoki ilovalarda kuchsizlik qilishi mumkindir, biroq aksariyat oddiy foydalanuvchilar undagi kamchiliklarni payqamasligi aniq. O‘tkazilgan test yakunlari ham ob’yektiv xulosa chiqarishga yordam beradi:

Barqaror ishlash masalasida ayrim e’tirozlar bor. Masalan kamerada Pro rejimida ba’zan avtofokus ishlamay qolishi mumkin. 48 Mp rejimida fotoga olishda kamera qotib, displeyning milt-milt etib qolish holatlar qayd etildi. Bunda ekranni qulflab, qayta ochish orqali muammo bartaraf etilgan.

HD formatdagi videoni ko‘rish vaqti, minut

Sinovlar vaqtida 4000 mA·s hajmli akkumulyator quvvati ikki kungacha yetgan. Oddiy tejash rejimida quvvat 20 foizdan kam qolsa, telefon o‘chirib qo‘yishni taklif etadi. Smartfon Qualcomm Quick Charge 4 tezkor quvvat olish rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq undan foydalanish uchun qo‘shimcha quvvatlash qurilmasini sotib olish talab qilinadi. Ta’kidlash joizki, mazkur texnologiya ilk bor taqdim etilganida, uni qo‘llab-quvvatlaydigan 18 ta modeldan 6 tasi Xiaomiga tegishli bo‘lib, aftidan kompaniya smartfon narxini arzonlatish maqsadida uni standart komplektatsiyaga kiritmagan.

Xulosa

Barcha Redmilar qaysidir darajada xalqona smartfonlarga aylanib bormoqda. Redmi Note 7 ham arzon narxdagi jozibali, tezkor smartfon. Uning kamerasi, musiqa tinglash imkoniyatlari, displey kalibrovkasi va akkumulyatori hajmi ajoyib tarzda ishlab chiqilgan.

Smartfonning eng yaqin raqiblari - Honor 8X va ASUS Zenfone Max Pro (M2) smartfonlaridir. Biroq ular orasida Xiaomi Redmi Note 7 narx bo‘yicha ustunlikka ega. Terashop.uz internet-do‘konida bu gadjetning 64 GBlik global talqini 1,787 mln so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, uning eng yaqin ta’qibchisi Honor 8X 2,250 mln so‘mga baholangan. ASUS Zenfone Max Pro (M2) smartfonining narxi esa 280-300 yevro atrofida e’lon qilingan.

Ustunliklari:

  • zamonaviy dizayn va sifatli korpus
  • kuchli platforma;
  • juda yaxshi old va asosiy kamera;
  • displey sozlamalari
  • narx.

Kamchiliklari:

  • trottlingning (protsessorning qizishdan himoya tizimi) kuchsizligi;
  • NFCning yo‘qli (O‘zbekiston sharoitida bu hozircha muammo emas);
  • dasturiy qoplamada reklamalar joylashtirilishi;
  • ikkinchi sim karta va xotira kartasi uchun gibrid bo‘lmacha;
  • komplektatsiyada tezkor quvvatlash adapteri mavjud emas.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 2 160 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 690 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 1 525 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.