Redmi Note 7S taqdim etildi: siz bu smartfonni «taniysiz»!

  •   DiMaX
  •  4072
  •  20.05.2019 16:57

Redmi Note 7S taqdim etildi: siz bu smartfonni «taniysiz»!

Xiaomi kompaniyasi bugun Hindistonda o‘tkazilgan tadbirida Redmi Note 7S rusumli smartfonini namoyish qildi. O‘rta narxli mazkur qurilmani fevralda taqdim etilgan Redmi Note 7 modelining biroz yaxshilangan versiyasi, desak ham adashmaymiz.

O‘QING: To‘liq tavsif: Redmi Note 7 - 48 megapiksel kamerali hamyonbop smartfon

Esingizda bo‘lsa, Redmi Note 7 modeli bosh kamerasi 48 megapiksellik modulga ega ilk Xiaomi smartfoni bo‘lgandi. Keyinroq uning Hindistonda namoyish etilgan global versiyasi undan farq qilib, 12 + 2 megapiksellik qo‘sh kamera bilan chiqqan. So‘ngroq ushbu modelning mart oyida Yevropa bozori uchun taqdim qilingan talqini ham 48 + 5 MPlik kameralidir.

Shunday qilib, Xiaomi mazkur «adolatsizlik»ka chek qo‘ydi – Hindistondagi fanatlari uchun ham 48 megapiksellik kameraga ega Redmi Note 7S smartfonini taqdim etdi. Lekin uning bosh kamerasidagi ikkinchi sensor 5 emas, balki 2 megapiksellikdir.

Redmi Note 7S qolgan barcha texnik jihatlariga ko‘ra o‘sha «yong‘oqchaqar» smartfon bilan bir xil: Snapdragon 660 chipi, 4000 mA/soatlik akkumulyator, tomchisimon kemtikli 6,3 dyuymlik ekran.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

«Xitoycha Apple» yangi smartfonini hindistonliklarga qora, ko‘k va qizil korpuslarda taklif etmoqda va uni 23 maydan sotuvga chiqaradi. Narxlariga kelsak, tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra: 3/32 gigabaytligi 158 dollar, 4/64 gigabaytligi esa 187 dollarga baholangan. Taqqoslab o‘tish o‘rinli: ayni shu Hindiston uchun chiqqan – 12 + 2 MPlik kameraga ega Redmi Note 7 modelining 3/32 gigabaytligi 143 dollarga narxlangan edi.

Xiaomi yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda aksiya doirasida mazkur kompaniyaning ayrim modellariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: «Ayyom» aksiyasi: Terashop.uz’dan Xiaomi smartfonlarini chegirma bilan oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!