Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro taqdim etildi – kulgili narxlardagi yangi xitlar! (+video)

  •   DiMaX
  •  19427
  •  30.08.2019 11:37

Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro taqdim etildi – kulgili narxlardagi yangi xitlar! (+video)

Kutilganidek, Xiaomi kompaniyasi Redmi brendi ostidagi ikkita yangi smartfoni – Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro modellarini namoyish qildi. Ulardan har ikkalasi kuchli kameraga ega, tag‘in ikkinchisi o‘yinlarga juda mos.

O‘QING: Redmi Note 8 Pro qanchalik mustahkamligini uchta videoda ko‘rsatib berishdi!

Xitoyliklar ushbu ikkala smartfonni ham quloqchin uchun standart 3,5 millimetrlik audiotirqish bilan ta’minlashgan. Tag‘in, maishiy texnikani boshqaruv pulti sifatida ishlatish uchun ular infraqizil portiga ham ega.

Redmi Note 8 Pro – geymerlar orzusidagi arzon smartfon

MediaTek kompaniyasining o‘yinbop smartfonlarga moslangan Helio G90T protsessori – Redmi Note 8 Pro modelining «elektron yuragi» hisoblanadi. Mazkur smartfonda yana suyuqlikli sovitish tizimi ham mavjudki, o‘yinlar o‘ynash yoki «og‘ir» ilovalarni ishlatish paytida uni qizib ketishdan asraydi.

Redmi Note 8 Pro yana o‘yinlar sifatini apparat ta’minoti darajasida optimizatsiya qiluvchi MiraVision texnologiyasiga ega. U ekrandagi tasvirning yorqinligi, kontarstligi va aniqligini avtomatik tarzda to‘g‘rilab turadi.

Mazkur devays diagonaliga 6,53 dyuymlik ekran bilan ta’minlangan, displeyning tasvir aniqligi Full HD+ formatida. Uning tepa qismidagi tomchisimon kemtikda 20 megapiksellik aniqlikdagi kamera joylashgan. Qurilma kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduliga ega, 4500 mA/soatlik batareyasi esa zamonaviy USB Type-C porti orqali, 18 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi.

Redmi Note 8 Pro modelining «to‘rtko‘z» bosh kamerasida asosiy sensor sifatida 64 megapiksellik Samsung ISOCELL Bright GW1 qo‘llangan. Kameraning qolgan uchta moduli 8 + 2 + 2 megapiksellik bo‘lib, orqa panelning o‘rtasida tikka joylashgan. Ularning ostida barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Smartfon korpusining orqa paneli 3D-shishadan ishlangan bo‘lib, rangi qora, yashil va gradiyentli oq variantlarda taklif etiladi.

Ushbu smartfonga Xitoyda allaqachon oldindan buyurtma ochilgan, ochiq savdolari esa 3 sentyabrga belgilangan. Narxlariga kelsak, tezkor/doimiy xotirasi hajmiga ko‘ra quyidagicha: 6/64 gigabaytligi 195 dollar, 6/128 gigabaytligi 223 dollar, 8/128 gigabaytligi esa 251 dollar.

O‘QING: Endi Redmi Note 8 Pro haqida yanada ko‘proq bilamiz!

Redmi Note 8 – atigi 140 dollarlik mo‘’jiza!

Standart Redmi Note 8 modeliga kelsak, uni Snapdragon 665 protsessori, NFC chipi va 6,39 dyuymlik displey bilan ta’minlashgan. Full HD+ formatli tasvir aniqligiga ega ekran kemtigida selfilar uchun 13 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan.

Uning ham bosh kamerasi 4 modulli, ammo orqa panelning yuqori chap burchagida joylashgan va optik sensorlari boshqa. Asosiy datchik sifatida 48 megapiksellik Samsung ISOCELL Bright GM1 modeli qo‘llangan, qo‘shimcha datchiklari 8 + 2 + 2 megapiksellik.

Redmi Note 8 akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik bo‘lib, u ham USB Type-C portidan 18 vattlik usulda tezkor quvvat oladi. Smartfonning korpusi shishadan ishlangan bo‘lib, xavfsizlik maqsadida burchaklari yanada mustahkamroq qilingan.

Quyidagi videoda ushbu ikki modelni o‘zaro taqqoslab ko‘rsatishgan:

Eng qizig‘i, garchi xususiyatlari ancha ustun bo‘lsa-da, Redmi Note 8 smartfonini Xiaomi oldingi – Redmi Note 7 modelidan (sotib olish) ham arzon baholagan! Uning 4/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega boshlang‘ich versiyasi uchun atigi 140 dollariga teng narx belgilangan. Xotira hajmlari 6/64 va 6/128 gigabaytlik versiyalari uchun esa kompaniya tegishlicha 170 va 195 dollar so‘ramoqda.

Tabiiyki, bu narxlar Xitoyning o‘zida amal qiladi, Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro boshqa mamlakatlar bozorlariga sal qimmatroq chiqarilishi aniq. Hozirgacha global savdoga chiqqan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi o‘ta arzon, Samsung matritsali qayrilma o‘yinbop monitor tayyorlayapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!