"To‘rtko‘z" Redmi Note 8 Pro ilk marotaba “jonli” suratlarda namoyon bo‘ldi.

So‘nggi vaqtlarda “Xitoycha Apple”ning intizorlik bilan kutilayotgan modeli – Redmi Note 8 borasida gap-so‘zlar juda ham ko‘payib ketdi. Kecha qurilmaning ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatishgan, undan avvalroq esa smartfonning qahva yonida suratga olib tarmoqqa joylashgandi. Shuningdek, smartfon dunyodagi ilk 64 megapiksellik smartfon bo‘lishi aytilgandi. Keyin esa uning “ukasi” bo‘lmish Redmi 8 modeli TENAA’da ro‘yxatdan o‘tgandi. Bugun esa Redmi Note 8 Pro ilk marotaba “jonli” suratlarda namoyon bo‘ldi. Ushbu suratni mashxur insayder Mukul Sharma tarmoqqa joylagan.

Redmi Note 8 Pro на живых фото в руках пользователя

Redmi Note 8 Pro на живых фото в руках пользователя

Birinchi surat yaxshi rakursdan olinmagan bo‘lsa-da, smartfonda to‘rttalik kamera ko‘zda tutilganlini payqash mumkin. Bu avval e’lon qilingan konseptlarga ham mos tushadi. Pastki qismda yagona dinamik, USB-C porti va standart audiotirqish mavjud. Smartfonning kumushrang korpusi e’tiborni tortadi, ammo bu gradiyent tufayli bo‘lishi ham mumkin.

Xususiyatlar borasida yangi ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Smartfonning taqdimoti esa keyingi haftada o‘tkazilishini taxmin qilmoqdamiz.

O‘QING: Imtihon vaqti keldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!