Redmi Note 8 Pro SE chiqdi – bir yildan beri reytinglardan tushmay kelayotgan smartfon yangi talqinda!

  •   DiMaX
  •  4499
  •  11.08.2020 12:37

Redmi Note 8 Pro SE chiqdi – bir yildan beri reytinglardan tushmay kelayotgan smartfon yangi talqinda!

«Xitoycha Apple»ning arzonchi brendiga mansub bulturgi – Redmi Note 8 Pro flagmani hozirgacha ommabop va xaridorgir. AnTuTu benchmarkining o‘tgan oydagi eng qudratli hamyonbop smartfonlar global ro‘yxatida ham u uchinchi o‘rinni egallagan!

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Xiaomi kompaniyasining o‘n yilligi sharofati bilan Redmi brendi mazkur kuchli va ommabop smartfonni yangi talqinda chiqarishi haqida yozgan edik. Redmi Note 8 Pro Special Edition (yoki Redmi Note 8 Pro SE) nomli mazkur qurilma Twitter orqali namoyish qilindi:

Aytish kerakki, Redmi Note 8 Pro dastlab to‘rt xil – oq, qora, yashil va ko‘k rangli korpuslarda chiqarilgan edi. Redmi Note 8 Pro Special Edition deb nomlangan yangi versiya esa faqat korpusining zarg‘aldoq rangi bilangina originalidan ajralib turadi. Xiaomi bu rangni rasman Coral Orange deb nomlagan.

Redmi Note 8 Pro Special Edition texnik jihatlariga ko‘ra o‘sha o‘tgan yilgi smartfon bilan bir xil: MediaTek Helio G90T protsessori, 6/64 yoki 6/128 GBlik tezkor xotira...

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.