Redmi Note 8 qanday yaratilishini bilasizmi?

Redmi Note 8 qanday yaratilishini bilasizmi?

Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendi rahbari bo‘lgan Lyu Veybing 64 megapiksellik yangi smartfonning sexda yig‘ilayotgan jarayoni videosini ulashdi.

Katta ehtimol bilan bu Note turkumining navbatdagi modeli – to‘rtta kamera datchikiga ega Redmi Note 8 bo‘lishi mumkin. 15 kun avval ushbu modelni to‘liq ishlab chiqarish jarayoni boshlab yuborilgandi.

Videoga ko‘ra, qurilma siljiydigan mexanizmga ega emas. Shu sababli selfi-kamera old paneldagi tomchisimon kemtikda joylashsa kerak.

Ayni damda Redmi Note 8 maxsus sinovlardan o‘tkazilmoqda. Bu esa smartfon namoyishi tez orada bo‘lib o‘tishidan darak beradi.

O‘QING: Google Huawei nova 5T ekrani 5.5" bo‘lishini ochiqladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!