Redmi Note 8 smartfoni yangilangan talqinda chiqyapti

Redmi Note 8 smartfoni yangilangan talqinda chiqyapti

Redmi bir necha kun oldin butun dunyo bo‘ylab 25 million dona Redmi Note 8 smartfonini sotganini ma’lum qilgandi. Ushbu muvaffaqiyatni nishonlash uchun kompaniya smartfonning yangilangan talqini —  Redmi Note 8 2021 modelini chiqarishga qaror qildi.

O‘QING: 24–25 may kunlari Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslarini 40% gacha chegirma bilan olish mumkin!

Redmi'dagilar smartfonning taqdimot sanasini ochiqlamagan bo‘lsa-da, Twitter'da qurilma dizayni tizerini qoldirdi.

Redmi ulashgan rasmdan ko‘rinadiki, Note 8 2021 modeli original Note 8 singari tomchi kamera kemtigiga ega bo‘ladi. Yangi model ko‘k rangda bo‘lishi ham aytib o‘tilgan. Boshqa rangdagi opsiyalar ham bo‘lishi kerak.

Posterdan yana ko‘rish mumkinki, Note 8 2021'ning chap tomonida SIM karta uyasi joylashgan. Quvvat va ovoz nazorati tugmalari esa ko‘rinmagan, chunki ular o‘ng tomonda joylashgan.

Smartfonning quyi hoshiyasida Redmi yozuvi bor. Biroq suratda qurilmaning orqa tomoni ko‘rinmagan. Balkim, aynan orqa panelda yangilik qilingandir.

Оригинал Redmi Note 8 (2019)
Original Redmi Note 8 (2019)

Redmi hozircha Note 8 2021 modelining texnik jihatlarini ochiqlagani yo‘q. Biroq oldingi xabarlarga ko‘ra, qurilma Helio G85 chipi, MIUI 12.5, 4,000 mAs akkumulyator, 22.5 vattda tezkor quvvatlanish imkoniyati hamda ikkita — 4GB/64GB va 4GB/128GB xotira konfiguratsiyasiga ega bo‘ladi.

Note 8 2021'ning orqa panelida to‘rtta kamera bo‘ladi. Ularning asosiysi 48MP rezolyusiyaga ega. Qolganlari esa ultrakeng, makro va sath kameralari.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!