Redmi Note 8 va Note 8 Pro'ga "boshqacha" protsessorlar o‘rnatiladi

Redmi Note 8 va Note 8 Pro'ga

Xabaringiz bor, yaqin kunlar ichida Redmi smartfonlarining yangi modellari taqdim qilinadi. Aniqrog‘i, 29 avgust sanasiga mo‘ljallangan marosimda Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro smartfonlarini ko‘rsatishadi.

Siz allaqachon qurilmalar haqida bir nechta ma’lumotga egasiz. Misol uchun, “katta” modelga 64 megapisellik kamera, 18 vattlik quvvatlagich va o‘yin platformasi o‘rnatilgan bo‘ladi.

Endi esa, oxirgi punkt bo‘yicha yanada aniqroq ma’lumotlar bor. Aytilishicha, Redmi’ning ikkala smartfoniga ham Mediatek Helio G90T protsessori o‘rnatiladi. Bu xaqda Mediatek kompaniyasi reklama posterida aytib o‘tilgan. Protsessorsoz taqdimot 29 avgust bo‘lib o‘tishini ham tasdiqlagan.

Смартфоны Redmi Note 8 и Note 8 Pro получат SoC MediaTek Helio G90T

Shunday qilib, Redmi Note 7 va Note 7 Pro taqdim qilinganiga yarim yil bo‘lgan bo‘lsa-da, yangi modellar ulardan sezilarli farq qilishi ma’lum bo‘lmoqda. Agar smartfonlarga chindan ham NFC o‘rnatilsa, unda, ishlab chiqaruvchi oldinga qarab tashlangan qadam bo‘lar edi. MediaTek platformasi haqida esa, smartfonni sinab ko‘rmasdan turib biror narsa deyish nojoiz.

O‘QING: "To‘rtko‘z" Redmi Note 8 Pro ilk marotaba “jonli” suratlarda namoyon bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!