Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti yaqin: Xitoydan tashqarida ham Redmi Note 8 Pro arzonlashyapti

  •   DiMaX
  •  4816
  •  21.02.2020 11:14

Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti yaqin: Xitoydan tashqarida ham Redmi Note 8 Pro arzonlashyapti

Dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar ro‘yxatidan tushmay kelayotgan Redmi Note 8 Pro modelining o‘z yurtida arzonlashgani haqida yozgandik. Talab kuchli bo‘lsa-da, Xiaomi boshqa mamlakatlarda ham uning narxini pasaytira boshladi.

O‘QING: Redmi eng ommabop smartfonini yanada arzonlashtirdi!

Aytish kerakki, Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro o‘tgan yili avgustning so‘ngida taqdim etilgan va uch oyda 10 million donadan ortiq sotilgan. AnTuTu e’lon qilgan o‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar reytingida bularning ikkinchisi yetakchi bo‘lgan. Mazkur smartfonlarning arzonlashtirilishi esa, tahlilchilarga ko‘ra, Redmi Note 9 va Redmi Note 9 Pro modellarining namoyishi yaqinlashganligi bilan bog‘liq.

6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali Redmi Note 8 Pro smartfoni Hindistonda 209 dollardan sotilib kelgan bo‘lsa, kuni kecha uning narxi 195 dollarga tushirilgan. Shuningdek, uning 6/128 gigabaytlik variantini 223 dollardan, eng katta – 8/128 GBligini esa 251 dollarga olish mumkin. Ta’kidlash kerakki, bu vaqtinchalik aksiya bo‘lmasdan, balki yangi belgilangan doimiy narxlardir.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.