Redmi Note 9T namoyishidan avval Redmi 10T sotuvga chiqdi. Xiaomi hayratda!

  •   DiMaX
  •  1975
  •  08.01.2021 16:01

Redmi Note 9T namoyishidan avval Redmi 10T sotuvga chiqdi. Xiaomi hayratda!

Xiaomi korporatsiyasi bugun – 8 yanvar kuni Ispaniyada o‘zining Redmi Note 9T rusumli yangi smartfonini namoyish etyapti. Bu qurilma noyabrda Xitoyda taqdim qilingan hamyonbop Redmi Note 9 5G modelining global versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi Note 10 Pro 4G ham tayyor: uning nimasi Galaxy Note 20 Ultra’dan olingan?

Redmi Note 9T gadjeti Yevropadagi eng arzon 5G-smartfonlardan biri bo‘lishi kerak. Lekin uning rasmiy taqdimotidan ham oldin Amazon internet-do‘konida boshqa bir – hali mavjud bo‘lmagan Redmi 10T smartfoni sotuvga qo‘yildi!

Xiaomi India boshqaruvchi direktori hamda global vitse-prezident Manu Kumar Jayn (Manu Kumar Jain) o‘zining Twitter-akkauntida yozishicha, bunday smartfonning mavjudligi Xiaomi hamda Redmi’ning o‘zi uchun ham yangilik ekan.

Shuningdek, u kompaniya muxlislarini bu kabi aldovlarga uchmaslikka chaqirgan va, Xiaomi’niki deya sotilayotgan biror mahsulotni xarid qilishdan oldin, shunday modelning bor-yo‘qligini Xiaomi rasmiy sayti orqali tekshirib ko‘rishni maslahat bergan.

O‘QING: Samsung chiqarmagan Galaxy S21+ hamda S21 Ultra allaqachon Xitoyda sotila boshladi! (+«jonli» suratlar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!