Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

  •   DiMaX
  •  3714
  •  24.08.2020 14:55

Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

Xiaomi korporatsiyasi 26 may kuni Redmi 10X 5G smartfonini namoyish qilgan. Kutilmaganda uning yanada ilg‘or versiyasi – Redmi 10X Pro ham chiqqan va biz ularning o‘zaro farqlarini taqqoslab, videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: AnTuTu iyul reytingida TOP-uchtalikka kirgan Redmi flagmani maxsus versiyada chiqyapti!

Yuqoridagi ikkalasidan tashqari, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan Redmi 10X 4G modeli ham taqdim etilgan edi. Garchi qiyofasi ikkita «og‘a»siga o‘xshab ketsa-da, bu umuman boshqacha smartfondir.

Bugun – 24 avgust kuni mana shu Redmi 10X 4G smartfonining ochiq savdosi boshlandi. Bu xususda Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) poster e’lon qilgan.

5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan bo‘lgani uchun, Redmi 10X 4G modelida MediaTek Dimensity 820 emas, balki MediaTek Helio G85 protsessori qo‘llangan. Kompaniya uni tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra ikki xil variantda taklif etyapti: 4/64 gigabaytligi taxminan 145 dollardan, 6/128 gigabaytligi esa 175 dollardan sotiladi.

Arzonligidan tashqari, xaridorlar uchun quvonarli yana bir jihati shundaki, Redmi 10X 4G qadoqdanoq eng so‘nggi – MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqyapti. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!