Redmi o‘ta yupqa romli Smart TV A televizorlarini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  645
  •  17.09.2020 10:51

Redmi o‘ta yupqa romli Smart TV A televizorlarini e’lon qildi

Xiaomi o‘zining o‘n yillik yubileyida jahondagi ilk shaffof televizor – Mi TV Lux Transparent Edition modelini taqdim etgan. Uning birinchi partiyasi atigi bir soniyadayoq sotib tugatilgan bo‘lsa, 16 avgustda savdoga qo‘yilgan ikkinchi partiya ham o‘sha kuniyoq tugab ketgan.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi

Endi esa bu kompaniyaning arzonchi brendi o‘z aqlli televizorlarining yangi — Redmi Smart TV A turkumini chiqarayotganini e’lon qildi. Ishlab chiqaruvchi ushbu yangi mahsuloti haqida ko‘p ma’lumot bermagan, faqat ularni tez orada sota boshlashini aytgan.

Redmi Smart TV A turkumiga besh xil o‘lchamli – diagonaliga 32 dyuymlik, 43 dyuymlik, 50 dyuymlik, 55 dyuymlik va 65 dyuymlik televizorlar kiradi. Reklama posterida ko‘rib turganingizdek, ularning barchasida ekranning atrofidagi romlar o‘ta yupqa.

Yana bir jihatini ta’kidlash o‘rinli: Redmi Smart TV A turkumidagi modellarning dizayni may oyida taqdim etilgan yoshlarbop va arzon Redmi Smart TV X series televizorlarini eslatadi.

O‘QING: 4K-televizorlar savdosida yuksalish: bozorning yarmini ikkitagina kompaniya band etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!