Redmi o‘zining ilk noutbukini taqdim qildi!

Redmi o‘zining ilk noutbukini taqdim qildi!

Xitoyda bugun Redmi K20 va K20 Pro  smartfonlaridan tashqari brendning ilk noutbuki - RedmiBook 14'ni ham taqdim qilindi. Namoyishda uni MacBook Air (2019) bilan taqqoslab ko‘rsatishdi: bir necha o‘xshash xususiyatlarga qaramasdan RedmiBook sezilarli ravishda arzon baholangan.

O‘QING: Redmi degani – faqat smartfon emas: RedmiBook 14 noutbuki ham shu oydayoq chiqadi!

RedmiBook 14

RedmiBook 14 qalinligi 17,95 mm va og‘irligi 1,5 kg bo‘lgan qulay metall korpusdan tashkil topgan. Nomidan anglaganingizdek, qurilma yupqa romlar bilan o‘ralgan, Full HD aniqligidagi 14 dyumlik displeyga ega bo‘lgan. Noutbukga shuningdek, raqamli bloksiz, to‘liq o‘lchamdagi klaviatura va nisbatan katta tachpad o‘rnatilgan. Xiaomi noutbuklaridagidek, ishlab chiqaruvchi dizayn borasida minimalizm yo‘nalishida ish ko‘rgan, ammo qopqog‘ining yon qismida brendning logotipi tushirilgan.

RedmiBook 14

Noutbuk Intel Core i5-8265U yoki Core i7-8565U protsessorlari, 2 GB videoxotirali NVIDIA GeForce MX250 videokartasi, 8 GB operativ xotirali DDR4 va 256 yoki 512 GB SSD xotirali bir necha modifikatsiyada ishlab chiqariladi.

RedmiBook 14

Yangi qurilmada bitta USB 2.0, ikkita USB 3.0, to‘liq o‘lchamli HDMI va kombinatsiyalangan audiotirqish mavjud. Simsiz interfeyslardan Bluetooth 5.0 va Wi-Fi 802.11ac (2,4 + 5 GGs) qo‘llangan.

RedmiBook 14

RedmiBook 14’ning eng arzon talqini Intel Core i5 protsessor va 256 GB xotiraligi bo‘lib, 579 dollar narxda baholangan. Eng kuchli Intel Core i7 protsessor va 512 GB SSD’li versiyasiga ega bo‘lish uchun esa 723 dollardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Original Xiaomi quloqchinlarini qalbakilaridan qanday farqlaymiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!