Redmi rahbari: «K30 Pro kambag‘albop smartfon bo‘lmaydi»!

  •   DiMaX
  •  1558
  •  24.02.2020 09:47

Redmi rahbari: «K30 Pro kambag‘albop smartfon bo‘lmaydi»!

Xiaomi vitse-prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) katta miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Chunki kuni kecha u Weibo-sahifasida Redmi K30 Pro haqidagi muhim ma’lumotni sotib qo‘ygan.

O‘QING: Redmi K30 Pro Geekbench'da!

Aniqrog‘i – u mazkur flagmanning texnik xususiyatlari aks etgan ekranning bir qismini suratga olib, ommaviy e’lon qilib yuborgan. Unda Redmi K30 Pro modelining Snapdragon 865 protsessoriga ega ekani ko‘rinib turibdi.

Mazkur devays Qualcomm’ning flagman chipseti bilan taqdim etilishi haqida avval ham xabar bergan edik, yuqoridagi fakt esa buning rasmiy isboti bo‘ldi.

O‘QING: Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

Yaxshigina jarimaga tushgan bo‘lsa-da, Lu Veybing yana Redmi K30 Pro sirlarini ochishda davom etdi. Kecha – 23 fevralda uning yozishicha, ushbu model «kambag‘albop» smartfon bo‘lmas emish!

Bundan kelib chiqadiki, Redmi K30 Pro smartfoni nafaqat Snapdragon 865 protsessori, balki eng yangi – LPDDR5 turidagi tezkor hamda UFS 3.0 toifali doimiy xotiraga ham ega. Yana uning kamerasi ham, garchi Xiaomi Mi 10 modelidagi kabi bo‘lmasa-da, ancha kuchli bo‘lishini aytishmoqda. Tabiiyki, bunday xususiyatlari bilan uni arzon qila olishmaydi ham.

Redmi K30 Pro taqdimoti mart oyining so‘nggi haftasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi K20 Pro yana arzonlashtirildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!