Redmi shu oydayoq Snapdragon 865 chipli ikkita arzon flagman chiqarmoqchi!

  •   DiMaX
  •  2245
  •  09.10.2020 16:13

Redmi shu oydayoq Snapdragon 865 chipli ikkita arzon flagman chiqarmoqchi!

«Xitoycha Apple»ning Redmi brendi kuni kecha atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etgan. Uning rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) esa kompaniyaning joriy yil yakunigacha hali katta rejalari borligini aytdi.

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Redmi top-menejeri Weibo tarmog‘ida va’da qilishicha, yilning to‘rtinchi choragida, xususan, oktyabr oyining o‘zida syurprizlar va yaxshi mahsulotlar bo‘ladi:

Lyu Veybing aynan oktyabr oyini ta’kidlab ko‘rsatganini hisobga olib, insayderlar Snapdragon 865 protsessorli flagman smartfon shu oyda chiqishini aytishmoqda.

O‘QING: Uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Taxminlarga ko‘ra, yaqinda Yevropa bozoriga taqdim etilgan flagmanlar – Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellari endi Redmi brendi ostida boshqa nom bilan chiqadi.

Insayderlik xabarlari bilan tanilgan Digital Chat Station nikli tarmoq insayderi ushbu syurprizning Redmi K turkumiga mansub bo‘lishini aytmoqda:

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, oktyabr oyining o‘zidayoq Redmi K30T hamda Redmi K30T Pro smartfonlari namoyish etilishi kutilmoqda. Ularning taqdimoti aynan qaysi kuni bo‘lib o‘tishi va narxi aniq emas, ammo texnik xususiyatlari taxminan bo‘lsa ham ma’lum.

O‘QING: Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.