Redmi TV do‘konlarga tarqatish uchun tayyor holatda suratga tushdi!

Redmi TV do‘konlarga tarqatish uchun tayyor holatda suratga tushdi!

Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Xiomishka nomli insayder yaqin kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan Redmi televizori haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Avvalroq kompaniya Redmi TV ishlab chirarishni rejalashtirayotgani xaqida yozgandik.

Birinchidan, uning aytishicha, Redmi TV televizorlari tez orada taqdim qilinadi. Ikkinchidan, Xiaomi kompaniyasi Redmi TV uchun Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ramiy sahifa ochishga ham ulgurgan. Uchinchidan, u Redmi TV joylangan qutilar do‘konlarga tarqatilishga tayyor holatda turgan suratini ulashgan. Bundan anglash mumkinki, tez orada qurilmaning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Insayder shuningdek, qutilarda model raqami L70M5-RA bo‘lgan 70 dyumli Redmi TV joylashganinin qo‘shimcha qilgan. Keltirilgan suratda chindan ham Xiaomi va Redmi logotipini hamda 70 dyumli ekanligini tasdiqlovchi R70A model raqamini ham ko‘rish mumkin.

Va nihoyat, Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendi rahbari Lu Veybing bugun muhlislarning holatini tushunib turganini hamda yangi qurilmaning taqdimoti tez orada bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi. Demak, yaqin kunlar ichida Redmi brendinig  ilk televizorini ko‘rishimiz mumkin. Ayni damda esa Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi televizorlarni atigi 950 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Naq 5000 mA/soatlik Redmi 8 ham taqdimotga tayyor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!