Redmi va Pocophone’lar kushandasi – Narzo 10 hamda Narzo 10A taqdimot kuni rasman ma’lum!

  •   DiMaX
  •  1064
  •  20.03.2020 19:06

Redmi va Pocophone’lar kushandasi – Narzo 10 hamda Narzo 10A taqdimot kuni rasman ma’lum!

Kuni kecha biz Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi yangi – Narzo turkumida smartfonlar tayyorlagani haqida yozgan edik. Bugun esa kompaniya bosh direktori mazkur seriyadagi ilk ikkita modelning namoyish kunini e’lon qildi.

O‘QING: 180 dollarga «beli baquvvat», 48 MP kamerali «to‘rtko‘z» smartfon chiqdi!

Realme rahbari Madhav Shet (Madhav Sheth) bugun – 20 mart kuni Twitter orqali e’lon qilgan posterga ko‘ra, yangi smartfonlar Narzo 10 va Narzo 10A deb nomlangan. Ular 26 mart kuni Hindistonda, mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da boshlanuvchi onlayn tadbirda taqdim etiladi.

Afsuski, yangi smartfonlarning xususiyatlari haqida birorta ham aniq ma’lumot yo‘q. Mish-mishlarga ko‘ra, Narzo 10 modeli Poco X2 (yoki Pocophone X2) devaysiga raqobatchi bo‘ladi.

Umuman olganda, Realme kompaniyasi Narzo seriyasidagi smartfonlari yordamida Xiaomi korporatsiyasining Redmi hamda Poco (POCOPHONE) kabi arzonchi brendlariga qarshi raqobatni kuchaytirmoqchi.

O‘QING: Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.