Redmi Watch ortidan uning yanada arzon, IP68-himoyali va avtonomligi yuqori raqibi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  572
  •  28.11.2020 10:56

Redmi Watch ortidan uning yanada arzon, IP68-himoyali va avtonomligi yuqori raqibi chiqdi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi Redmi Note 9 5GRedmi Note 9 Pro 5G hamda Redmi Note 9 4G rusumli smartfonlarini taqdim etgani haqida yozgandik. Bulardan tashqari, o‘sha tadbirida Redmi brendi o‘zining birinchi aqlli soatini ham namoyish qilgan.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining kengaytirilgan ro‘yxati

Redmi Watch rusumli smart-soat taqdimotidan keyinoq yana bir xitoylik – ZTE korporatsiyasi uning munosib raqibini namoyish qildi. ZTE Watch Live deb nomlangan ushbu smartvoch ham kvadrat korpusga ega. Biroq uning TFT-displeyi kichkinaroq – diagonaliga 1,3 dyuymlik, rezolyusiyasi ham pastroq – 240x240 piksellik.

Shunga qaramasdan, ZTE Watch Live bir qator afzalliklarga ham ega; shulardan biri – uning avtonomligi yuqoriroq: batareyasining bitta quvvati bilan u uch haftagacha ishlay oladi! Bundan tashqari, u raqibidan 10 dollarga arzon: mazkur aqlli soat 35 dollarga teng narxda 3 dekabrdan sotila boshlaydi.

O‘QING: Xiaomi atigi 100 dollarga NFC va pulsoksimetrli gadjet chiqardi

ZTE Watch Live modelida ham turli variantlardagi siferblatlar mavjud. Soat korpusi faqat qora tusli, tasmachalari esa har xil ranglarda. Korpus IP68 standartiga ko‘ra chang va nam kirishidan himoyalangan. Uning o‘lchami 40,6x34,6x10,8 millimetrni, vazni esa 35,7 grammni tashkil etadi.

Smart-soat pulsni va qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini o‘lchay oladi. Shuningdek, uyqu sifatini monitoring qiladi, sport bilan shug‘ullanishda jismoniy mashqlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Bluetooth 4.2 interfeysi orqali smartfonga bog‘lanib, ZTE Watch Live kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va bildirishnomalarni aks ettiradi. Bulardan tashqari, smartfon kamerasini hamda unda musiqa ijrosini masofadan boshqarishga yordam beradi.

O‘QING: Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!