Redmi yana bir yangi smartfon chiqarmoqda

Redmi yana bir yangi smartfon chiqarmoqda

Anchadan beri kutilyotgan Redmi 11 5G byudjet smartfoni kelasi oyda taqdim etilishi aytilmoqda. 91mobiles ushbu smartfonning texnik ko‘rsatkichlari va narxi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, qurilmaga 90 gerts FHD+ rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli LCD displeyi hamda MediaTek Dimensity 700 chipi o‘rnatiladi. Smartfonning xotira hajmi 4/64GB dan boshlanadi. Bundan tashqari, xotirani microSD kartasi bilan kengaytirishning imkoni bo‘ladi. 

Manba yangi modelning kamera texnik ko‘rsatkichlari haqida ham ma’lumot berdi. Aniq bo‘lishicha, Redmi 11 5G qurilmasi 50MP asosiy kamera, 5MP selfi kamera va 2MP sath yoki makro kameraga ega bo‘ladi. Shuningdek, smartfon 18 vattdan quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Samrtfonning 4/64GB xotiraga ega bo‘lgan versiyasining narxi Hindistonda 180 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Samsung 2022 yil uchun telefon ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!