Redmi yana bitta arzon va aqlli 4K-televizor namoyish qildi

  •   DiMaX
  •  706
  •  25.09.2020 14:35

Redmi yana bitta arzon va aqlli 4K-televizor namoyish qildi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi yaqinda o‘z aqlli televizorlarining yangi – Redmi Smart TV A turkumini chiqarayotganini e’lon qilgan. Mazkur turkumning ilk vakili – Redmi Smart TV A55 esa o‘tgan hafta so‘ngida taqdim etilgan.

O‘QING: Xiaomi birinchi 5G va 8K-televizorining taqdimot kunini e’lon qildi

Endi esa kompaniya bu seriyadagi yanada ixcham va arzon televizor – Redmi Smart TV A50 modelini ham namoyish etdi. Bu gadjetning ekrani o‘lchami, nomidan bilinib turganidek, diagonaliga 50 dyumga teng.

Xiaomi bu mahsulotini MediaTek 9632 protsessori, 1,5 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira bilan jihozlagan. Uning korpusida HDMI, USB, RJ45, AV hamda S/PDIF portlari mavjud.

Redmi Smart TV A50 modelida 4K-displeyning tasvir aniqligi 3840x2160 piksellik, u HDR kengaytirilgan dinamik diapazonini qo‘llab-quvvatlaydi va ko‘zni himoyalash rejimiga ega. Smart-televizor ikkita kuchli dinamik bilan ta’minlangan va DTS dekoder qo‘llaydi.

Redmi Smart TV A50 televizori Android bazasidagi MIUI grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning yordamida ovozli buyruqlar orqali aqlli uy qurilmalarini boshqarish mumkin. Shuningdek, kompaniya unga interfeys bo‘ylab navigatsiyani osonlashtiruvchi yangi – Minimalist Mode rejimini ham joriy etgan.

Kompaniya mazkur 4K-televizorini 30 sentyabrda 235 dollardan sotuvga chiqaradi.

O‘QING: 4K-televizorlar savdosida yuksalish: bozorning yarmini ikkitagina kompaniya band etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!