Redmi yanada arzon 5G-smartfon tayyorladi, xususiyatlari bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1850
  •  15.05.2020 09:57

Redmi yanada arzon 5G-smartfon tayyorladi, xususiyatlari bilan tanishamiz!

Xiaomi o‘tgan yil dekabrda taqdim etgan qurilma – Redmi K30 modeli eng arzon 5G-smartfon sifatida ma’lum. To‘g‘ri, Realme kompaniyasi undan ham zo‘r Realme X50m 5G qurilmasini chiqargan, lekin...

O‘QING: Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Xitoydagi taniqli blogerlardan biri Redmi brendi tayyorlagan, lekin hali namoyish etilmagan yana bitta telefonning xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. Bu smartfon hali rasman namoyish etilmagan MediaTek Dimensity 820 protsessori bazasiga quriladi, ya’ni – u eng arzon 5G-smartfon bo‘lsa kerak.

Kutilayotgan telefonning boshqa xususiyatlari Redmi’ning hozirgi aksariyat hamyonbop modellari darajasida: diagonaliga 6,57 dyuymlik, aniqligi 2400x1800 piksellik OLED-ekran, 16 megapiksellik old kamera, asosiy sensori 48 MP bo‘lgan ko‘p modulli bosh kamera. 4420 mA/soatlik akkumulyatori 33 vattlik tezkor quvvatlanadi.

Xiaomi bu smartfonini boshlang‘ich variantda 6/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlaydi. Uning narxi 250 dollar atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Smartfon haqida batafsil ma’lumot 18 may kuni chiqishi mumkin – MediaTek kompaniyasi Dimensity 820 chipsetining rasmiy anonsini shu kunga belgilagan.

Darvoqe, biz avvalroq Redmi K30i rusumli devays haqida yozgan edik, lekin yuqorida tilga olingani – boshqa smartfon. Chunki uning original Redmi K30’dan farqi uncha ko‘p emas, faqat bosh kamerasidagi asosiy – 64 megapiksellik Sony IMX686 datchigi o‘rniga 48 megapiksellik boshqa sensor qo‘llanadi. Biroq eng muhimi – beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 765G protsessori o‘z joyida qoladi.

O‘QING: «Ikki karra 5G»da ishlovchi ilk flagman taqdimotdan avval sotilyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!