Redmi yangi 5G-smartfonlarining taqdimot kuni va narxlari ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1966
  •  16.11.2020 16:29

Redmi yangi 5G-smartfonlarining taqdimot kuni va narxlari ma’lum bo‘ldi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi Note 9 smartfonini 5G-versiyada chiqarayotgani haqida yozgan edik. Ushbu qurilma va uning Pro-talqini «Bo‘ydoqlar kuni», ya’ni 11 noyabr (11.11) sanasida taqdim qilinishi aytilgan edi, lekin unday bo‘lmadi.

O‘QING: Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Gizmochina nashrining yozishicha, Redmi ushbu smartfonlar taqdimotini shu kunlarda rasman e’lon qiladi va namoyishning o‘zi kelasi haftaning seshanba kuni – 24 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, mazkur turkumdagi ikkita yangi smartfonning kutilyotgan narxlari ham e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, Redmi Note 9 5G modeli MediaTek Dimensity 800U protsessoriga tayanadi va 150 AQSh dollari atrofida baholanadi.

O‘QING: Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

Redmi Note 9 Pro 5G versiyasining «elektron yuragi» sifatida esa Snapdragon 750G chipseti tanlangan. Xiaomi o‘z yurtida uning uchun 228 dollarga teng narx belgilaydi.

Bu ikkalasining texnik xususiyatlari haqida mana bu xabarimizda ma’lumot berganmiz.

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Lekin so‘nggi paytlarda tarqalayotgan mish-mishlarga qaraganda, ular bilan birga Redmi Note 9 turkumida yana bitta – 4G-model ham namoyish etiladi. Kompaniya unda 6,53 dyuymlik, Full HD+ formatli IPS-displey qo‘llaydi.

Snapdragon 662 protsessorli bu smartfon asosiy datchigi 48 megapiksellik bosh kameraga hamda 22,5 vattlik tezqor quvvatlanuvchi 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Uning narxi haqida ma’lumot yo‘q, lekin 5G-versiyadagi Redmi Note 9 uchun atigi 150 dollarlik narx qo‘yilganida, bunisi 100–120 dollarga baholanishi mumkin.

O‘QING: Redmi’ning yangi flagmani bu jihatiga ko‘ra iPhone 11’dan ham zo‘r chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!