Redmi yangi smartfonini bozorga chiqarib, oldingi ikkitasini arzonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  2743
  •  05.06.2020 15:05

Redmi yangi smartfonini bozorga chiqarib, oldingi ikkitasini arzonlashtirdi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi o‘tgan haftada Redmi 10X Pro smartfonini namoyish qilgan edi. Xitoyda bugun – 5 iyundan uning savdosi ham boshlandi.

O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Redmi 10X Pro tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra ikki xil variantda sotilyapti: 8/128 gigabaytligi 323 dollardan, 8/256 gigabaytligi esa 365 dollardan. Uning xususiyatlari, Redmi 10X 5G smartfonidan farqlari haqida mana bu xabarimizdan o‘qib olishingiz mumkin.

Shu bilan birga, Redmi brendi ikkita smartfonining narxini tushirdi. Bulardan biri – Redmi K30 Pro flagmanining o‘tgan bir haftagina avval Xitoyda sotuvga chiqqan 12/512 gigabaytlik versiyasidir. Sotuvga chiqqan payti bu flagmanga 628 dollarlik narx belgilangan bo‘lsa, hozir uni 575 dollarga olish mumkin.

Arzonlashtirilgan yana bir smartfon esa Redmi K30 5G Extreme Edition (yana bir nomi – Redmi K30 5G Racing Edition) bo‘lib, uning standart Redmi K30 5G modelidan farqlarini mana bu xabarimizda ko‘rsatganmiz.

Xullas, tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik Redmi K30 5G Extreme Edition smartfonini dastlab 280 dollarga baholashgan edi. Endi esa ommabop Jingdong onlayn do‘koni orqali uni 250 dollardan sotishyapti.

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!