Redmi'dan kutilmaganda navbatdagi taqdimot!

Redmi'dan kutilmaganda navbatdagi taqdimot!

Redmi 8 oktyabr oyida taqdim qilingandi, biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay kompaniya Redmi 9 ustida ham ishlashni boshlab yubordi. Xabar qilinishicha, yangi qurilma tez orada omma e’tiboriga havola qilinadi.

Yangi mish-mishlarga ko‘ra, Redmi 9 2020-yilning boshidan chiqa boshlaydi. Gadjet hali taqdim qilinmagan MediaTek Helio G70 chipida ishlaydi. Bu borada rasmiy ma’lumotga ega bo‘lmasak-da, SoC'larning nomlanishidan kelib chiqib taxmin qilishimiz mumkinki, yangi protsessor G90'dan ishlashi borasida quyiroq toifada bo‘ladi va hamyonbop qurilmalar uchun yaratilgan.

Redmi 8

 

Redmi Note 8 Pro G90T'da, Redmi 8 esa Snapdragon 439'da ishlaydi. Redmi 9 ishlashi borasida o‘zini qanday namoyish qilishini hozircha bilmasak-da, ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, yangi qurilma 8-lineykaga qaraganda bir pog‘ona balandroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, Redmi 9'ga 6.6" diagonalga ega tomchi kamera tiriqishli displey o‘rnatilishi ham aytilmoqda. Ma’lumot uchun, Redmi 8'ga 6.22 dyuymli panel qo‘yilgan edi. Yangi quyi toifa model 4GB tezkor, 64GB doimiy xotirada ishlaydi, "uka"si esa 3/32GB sig‘imga ega edi. Biroq ko‘proq xotira sig‘imli variantlar ham bo‘lishi kerak.

Devays Android 10 asosidagi MIUI 11’da ishlashi hech kimni hayron qoldirmasa kerak. Balkim, kamera bir qadar takomillashtirilar ham, biroq bu haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. 

Redmi'ning keyingi avlod hamyonbopi tez orada taqdim qilinadi. Ya’ni yaqin fursatlar ichida ushbu smartfon haqida ma’lumotlar yomg‘iri yog‘a boshlaydi. Tafsilotlar uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Redmi Note 7 MIUI 11'ga rejadagidan oldinroq o‘tadigan bo‘ldi