Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2300
  •  25.05.2021 10:52

Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

Xabaringiz borki, Redmi brendi Hindiston bozoriga taqdim etgan o‘ninchi avlod fabletlari oilasiga uchta model kirgan: standart Redmi Note 10 smartfoni, uning Redmi Note 10 Pro versiyasi hamda yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro Max. Lekin ular jahon bozoriga sal boshqacharoq nomlar bilan chiqqan: global Redmi Note 10 Pro modeli hindcha Redmi Note 10 Pro Max bilan bir xil.

O‘QING: 108MPlik Redmi Note 10 Pro kamerasi iPhone 12’nikidan zo‘rmi? («jonli» test videosi)

Mana shu global talqindagi Redmi Note 10 Pro modeli bir necha haftadan beri dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmay kelayotir. Uning bosh kamerasida 108 megapiksellik Samsung HM2 moduli qo‘llangani o‘z so‘zini aytmoqda – DxOMark laboratoriyasining test natijalari ham shundan dalolat beradi.

Redmi Note 10 Pro kamerasini tekshirib ko‘rgan mutaxassislar uning foto suratga olishini 111 ball, video yozib olishini esa 95 ballga baholashgan, zum imkoniyatlariga bo‘lsa 52 ball qo‘yishgan:

Shu tariqa, bu hamyonbop smartfon umumiy 106 ballik natija ko‘rsatib, DxOMark’ning tegishli reytingida Apple iPhone XS Max bilan teng joy oldi! Shu bilan birga, u iPhone SE (103), Asus ZenFone 6 (104), Samsung Galaxy Z Flip (105) va boshqa ko‘plab qimmat modellardan ustun kelgan.

O‘QING: Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

DxOMark eng yaxshi kamerofonlar global reytingida Redmi Note 10 Pro smartfoni 72-o‘rinda turibdi. Biroq narxi 200–399 dollarlik modellar orasida u faxrli uchinchi pog‘onadan joy egallagan.

Darvoqe, ushbu smartfon bosh kamerasining videolavha yozib olish sifati bo‘yicha hattoki Samsung kompaniyasining so‘nggi flagmanlari – Galaxy S21 hamda Galaxy S21 Plus modellarining Exynos-versiyalaridan ham yuqori ball olgan!

Redmi Note 10 Pro smartfonining bosh kamerasi ustida DxOMark o‘tkazgan test jarayonlari va ularning natijalari bilan batafsil (ingliz tilida) tanishish uchun mana bu havola orqali laboratoriya saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)