Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  2528
  •  27.11.2019 09:28

Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Xiaomi shu yilning sentyabrida Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini Xitoyda namoyish etgandi. Ular dunyo bo‘yicha trenddagi telefonlar reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallab kelishayotir.

O‘QING: O‘z-o‘zidan yonib ketgan ommabop Redmi smartfonini Xiaomi tuzatib yo almashtirib bermadi!

Mazkur modellar keyinchalik global talqinda ham taqdim qilinib, bir qator Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ham sotuvga chiqdi. Jumladan, yirikligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston smartfonlar bozorida u ancha ommalashdi.

Xiaomi vitse-prezidenti Manu Kumar Djayn (Manu Kumar Jain) kuni kecha e’lon qilishicha, Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellaridan bir oy mobaynida bir million donadan ortiq sotilgan:

Bu esa Xiaomi uchun ushbu mamlakat bozorida yangi rekord hisoblanadi. Aftidan, kompaniyaning «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!» deya maqtangani va Hindistondan tashqari yana bitta bozorda yetakchilikni janubiy koreyalik gigantdan tortib olayotgani bejiz emas.

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 8 Pro flagmani (sotib olish) bosh kamerasi 64 megapiksellik modulga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi smartfon hisoblanadi. Redmi Note 8 (xarid qilish) kamerasida esa 48 megapiksellik sensor qo‘llangan.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!