Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

  •   DiMaX
  •  1386
  •  26.09.2020 14:18

Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

«Xitoycha Apple» bir yilcha avval Xitoyda o‘zining ilk smart-soati – Xiaomi Mi Watch modelini taqdim etgan edi. Keyinroq esa yanada arzon Xiaomi Mi Watch Color chiqqan va faqat o‘z yurtida sotilib kelmoqda.

O‘QING: Xiaomi xiti taqdimotdan 10 oy o‘tib global bozorga ham chiqyapti

Endi esa mazkur kompaniya birinchi aqlli soatining «yengillashtirilgan» versiyasini Xiaomi Mi Watch Lite nomi ostida global bozorga taqdim etmoqchi. Xitoyda ayni shu gadjetning o‘zi kompaniyaning boshqa brendi ostida – Redmi Watch nomi bilan nmoyish qilinishi aytilmoqda.

Yangi qurilmaning model raqami REDMIWT01 bo‘lib, MIUI For Watch operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Bluetooth modulidan tashqari, unda eSIM texnologiyasi ham qo‘llanadi. Bu – nomoddiy, qurilmaning o‘ziga joriy etilgan SIM-karta bo‘lib, shuning yordamida Redmi Watch telefon vazifasini bajara oladi.

O‘tgan yilgi – original Xiaomi Mi Watch uchun taxminan 190 dollarga teng narx belgilangan edi. Turli bozorlarga Redmi Watch hamda Xiaomi Mi Watch Lite sifatida chiqadigan yangi smartvoch esa undan arzonroq bo‘lishi shubhasiz. Kompaniya uning rasmiy namoyishini 29 sentyabrda o‘tkazadi.

O‘QING: Android 10 tizimli ilk smart-soat namoyish etildi: 4/64 GB xotira va buriluvchi Sony kamerali!