Redmi'ning navbatdagi smartfoni sizga yoqishi tayin!

Redmi'ning navbatdagi smartfoni sizga yoqishi tayin!

Xitoylik taniqli insayder Ice Universe o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali, Xiaomi kompaniyasining tegishli bo‘lmish Redmi subbrendi 64-megapiksellik smartfon ustida ishlayotganligini aytib o‘tdi. 

O‘QING: Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Ushbu qurilmaga o‘tgan oy taqdim qilingan Samsung SOCELL Bright GW1 datchiki o‘rnatiladi. Ammo, 64 megapiksellik datchik o‘rnatilgan birinchi smartfon yangi Redmi emas, balki Samsung Galaxy A70s bo‘ladi. U Redmi smartfonidan avvalroq sotuvga chiqadi.

Smartfonning qachon taqdim qilinishi noma’lum. Aytilishicha, 64 megapiksellik Redmi kamida kuzning oxirida yoki yil so‘ngida taqdim qilinadi. Katta ehtimol bilan u Redmi Note 7 lineykasining keyingi avlodi sifatida maydonga chiqadi va 200 dollardan arzonroq narxda sotila boshlaydi.

O‘QING: Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda