Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

  •   DiMaX
  •  2843
  •  05.09.2020 11:49

Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

Biz avvalroq barqaror global MIUI 12 grafik qobig‘i allaqachon tarqatila boshlagan modellarni e’lon qilgan edik. Yaqinda esa ikkinchi to‘lqinda global proshivkaga yangilanayotgan 13 xil smartfon ro‘yxati ham chiqqan.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

Lekin kompaniyaning yaxshi sotilayotgan modellaridan biri – Redmi Note 9 uchun yangi grafik qobiq asosida tayyorlangan proshivka ancha muammoli chiqib qoldi. Hozir ushbu model uchun global, yevropacha va hindcha versiyalarda MIUI 12 proshivkalari chiqqan. Lekin ularning barchasida qanaqadir nuqsonlar kuzatilmoqda.

Mi Community rasmiy hamjamiyati a’zolarining shikoyatlariga ko‘ra, Redmi Note 9 proshivkasini yangilagach, avvalo, tizimning umumiy samaradorligi pasaymoqda. Shuningdek, MIUI 12 talqinidagi apdeytdan so‘ng ularda Pokemon Go o‘yini ochilishi va ishlashi qiyinlashib, «qotib» qolyapti. Bulardan tashqari, ushbu rusumdagi ayrim smartfonlarda Wi-Fi umuman ishdan chiqqan.

Xiaomi hozircha bu vaziyat bo‘yicha rasman biror izoh bermayapti, lekin Mi Community moderatori shikoyatlardan biriga javob yozgan. Unga ko‘ra, dasturchilar mazkur muammolardan xabar topishgan va allaqachon ularni bartaraf etish ustida ishlashmoqda.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi Note 10 turkumidagi bir nechta 5G-smartfon allaqachon tayyor! (uchta «jonli» rasm)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!