Redmi’ning yangi avlod Android-televizori xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  473
  •  08.05.2021 11:55

Redmi’ning yangi avlod Android-televizori xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi televizorlar yo‘nalishida ham o‘z o‘rnini topishga, hatto bitta mahsuloti bilan bu bozorni «portlatish»ga ham ulgurgan. Taniqli insayder Mukul Sharma ma’lum qilishicha, Redmi yaqin orada yangi avlod aqlli televizorini namoyish etadi.

O‘QING: Redmi atigi 120 dollardan boshlanuvchi ikki xil aqlli televizorini sota boshladi

 Ishlab chiqaruvchi tomonidan hali rasman e’lon qilinib ham ulgurmagan yangi rusumdagi televizorlardan biri Google Play Console ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Unda navbatdagi Redmi mahsulotining texnik jihatlari ham ko‘rsatilgan.

Skrinshotga ko‘ra, model raqami MiTV-MOOQ3, kodli nomi esa Tarzan bo‘lgan ushbu televizor Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Ekranining o‘lchami aytilmagan, ammo uning tasvir uzatishi 1920x1080 piksellik formatda ekanligi ma’lum.

Android-televizorning «elektron yuragi» sifatida takt chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli MediaTek T31 platformasi tanlangan. Shuningdek, devaysning tezkor xotirasi 2 gigabaytlik ekanligi ham skrinshotda ko‘rinib turibdi.

Mazkur yangi gadjetning qachon, qanday nom ostida taqdim etilishi va bozorga chiqishi hozircha noma’lum. Xususiyatlariga qaraganda, u hamyonbop televizor bo‘ladi.

O‘QING: Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!