Redmi’ning yap-yangi smartfonlarida ikkita ishkal chiqdi

  •   DiMaX
  •  3757
  •  16.06.2020 09:55

Redmi’ning yap-yangi smartfonlarida ikkita ishkal chiqdi

Xiaomi korporatsiyasi o‘zining Redmi Note 9 Pro smartfonini global bozorga Redmi Note 9S modeli sifatida taqdim etgan. U may oyida AnTuTu benchmarkining eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon TOP-o‘ntaligiga kirgan va bir necha haftadan beri eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmay kelyapti.

O‘QING: Redmi o‘ta arzon bestsellerini yaxshilangan versiyada chiqardi (+video)

Endi ko‘plab foydalanuvchilar ushbu telefondagi Wi-Fi modelining yaxshi ishlamasligidan nolishmoqda. Mi Community hamda XDA Developers forumlarida bu haqda shikoyatlar ko‘paymoqda.

Redmi Note 9S egalarining yozishlaricha, ekran bloklanganidan keyin 10–15 daqiqa o‘tib, smartfon o‘z-o‘zidan Wi-Fi tarmog‘idan uziladi. Qurilma ekranini blokdan chiqargandan keyin ham Wi-Fi ulanishi tiklanmaydi, qaytadan ulanishga to‘g‘ri keladi.

Qiziq tomoni – mazkur muammo faqat Yevropaga mo‘ljallab chiqarilgan, ya’ni global versiyadagi Redmi Note 9S smartfonlaridagina uchramoqda, hindistonlik foydalanuvchilardan umuman shikoyat tushmagan.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Ba’zi yuzerlarning yozishlaricha, so‘nggi – MIUI 11.0.8.0 Global Stable proshivkasi bu xatolikni qisman bartaraf etgan, ammo unda boshqa muammo paydo bo‘lgan. Odatda Android-smartfonlar IP-mnzilni yangilash uchun Wi-Fi tarmog‘iga bir necha soat oralatib qayta ulanadigan bo‘lsa, Redmi Note 9S bu ishni tez-tez – bir necha daqiqa oralatib qilyapti.

Yuqoridagi xatoliklarning ikkalasi ham smartfonlarning dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgani bois, Xiaomi ularni navbatdagi proshivka yangilanishi bilan bartaraf etishini kutamiz.

O‘QING: Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.