Reklama videotizeri Galaxy Note 20’larning asosiy funksiyalarini oshkor etdi

  •   DiMaX
  •  1364
  •  03.08.2020 14:45

Reklama videotizeri Galaxy Note 20’larning asosiy funksiyalarini oshkor etdi

Samsung kompaniyasining Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlari hamda Galaxy Buds Live butkul simsiz quloqchinining narxlari yaqinda ma’lum bo‘lgan edi. Endi esa taniqli insayder Evan Blass ushbu smartfonlarning reklma tizerini e’lon qildi.

O‘QING: Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

Insayderning ta’kidlashicha, mazkur videorolik AQShdagi AT&T uyali aloqa operatori tomonidan reklama kampaniyasida qo‘llash uchun tayyorlangan. Unda Galaxy Note 20 hamda Note 20 Ultra planshetofonlarining nafaqat dizayni, balki asosiy texnik xususiyatlari ham aks ettirilgan.

Lavhada qurilmalarning ikki xil – yashil va bronza tusli korpuslardagi variantlari ko‘rsatilgan. Videodagi matnga ko‘ra, har ikkala versiyadagi smartfon ham Snapdragon 865+ protsessori bazasida ishlaydi.

O‘QING: «Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra modellarining ekranlari tegishlicha diagonliga 6,7 hamda 6,9 dyuymlik o‘lchamga ega. Har ikklasining displeyida kadr yangilanish chastotasi 120 gersga boradi.

Note turkumi an’anasiga ko‘ra, kutilayotgan fabletlar S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi va u Microsoft servislari bilan chuqur integrsiyaga kirishgan.

Rolikda yana 8K-video yozib olish funksiyasi, shuningdek, 330 megapiksellik rezolyusiya bilan «stop-kadr» rejimida s’yomka qilish imkoni ham ta’kidlab o‘tilgan.

4500 mA/soatlik akkumulyatorli Galaxy Note 20 Ultra bosh kamerasi 108 megapiksellik asosiy sensorga hamda 50 karralik zum imkoniyatiga ega. Bazaviy model – Galaxy Note 20 bosh kamerasida esa 64 megapiksellik modul hamda 30 karralik zum qo‘llangan. Uning batareyasi 4300 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

O‘QING: Balki ishonmassiz, lekin Galaxy Note 20 birinchi testdayoq Galaxy S20+’ga mag‘lub bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.