Rekord darajadagi chegirma bilan iPhone 12 va iPhone 12 mini zo‘r sotilyapti

  •   DiMaX
  •  1204
  •  08.04.2021 11:23

Rekord darajadagi chegirma bilan iPhone 12 va iPhone 12 mini zo‘r sotilyapti

Mydrivers nashrining xabariga ko‘ra, iPhone 12 turkumi smartfonlarining savdosi Xitoyda hozir juda avjida. Sababi – ularga taqdimotdan buyon eng yirik miqdorda chegirma belgilanganidir.

O‘QING: iPhone 12'larni zaryadchiksiz sotgani uchun Apple'ni jarimaga tortishdi

Masalan, ommabop Jingdong do‘koni iPhone 12 hamda iPhone 12 mini modellari uchun 92 dollarga teng chegirma e’lon qilgan. Xitoyliklar doimiy xotirasi 64 gigabaytlik iPhone 12 smartfonini hozirda 870 dollarga olishlari mumkin.

Shu bilan birga, JD.com butkul simsiz AirPods quloqchinini ham 190 dollar o‘rniga 120 dollardan sotyapti. Uning xaridorlariga yana Apple Music servisidan 4 oy bepul foydalanish imkoni ham taqdim etiladi.

Apple’ning bunaqa saxiyligi bejiz bo‘lmasa kerak, har holda...

O‘QING: Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!