Rekord hajmli – 16 GB «operativka»li ilk smartfon tayyor, xususiyatlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2845
  •  10.01.2020 14:56

Rekord hajmli – 16 GB «operativka»li ilk smartfon tayyor, xususiyatlari bilan tanishing!

Hozirgi kunda eng ilg‘or smartfonlar 12 gigabaytlik tezkor xotiraga ega – kuchli o‘yinlar va boshqa ishlar uchun shuning o‘ziyam yetib ortadi. Ammo ishlab chiqaruvchilar bu bilan to‘xtab qolishmoqchi emas: internetda 16 gigabaytlik tezkor xotirali ilk telefon haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

O‘QING: 2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) yozishicha, bu – Black Shark 3 5G geymerofonidir. Mazkur flagman allaqachon Shark KLE-A0 katalog raqami ostida Xitoyning MIIT regulyatori ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan va uning texnik xususiyatlari quyidagicha:

Xiaomi korporatsiyasining Black Shark brendi ushbu smartfonini qachon rasman namoyish etishi hozircha noma’lum. Avvalroq kompaniya vakili, mazkur o‘yin smartfonlarining 5G tarmog‘ini qo‘llovchi navbatdagi vakili allaqachon tayyor ekanini aytgandi. Demak – buyog‘iga uchinchi avlod «Qora Akula» haqidagi insayderlar xabarlarini kuzatib boramiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etmagan Mi 10 5G sotuvga chiqdi: narxi va jihatlari bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!