Rekordchi 5G-smartfonlarning ham namoyish kuni aniq (+video)

  •   DiMaX
  •  628
  •  11.12.2019 16:50

Rekordchi 5G-smartfonlarning ham namoyish kuni aniq (+video)

Xitoylik sermahsul smartfonsoz – Oppo o‘zining Reno 3 rusumli 5G-smartfonini tayyorlayotgani haqida yozgan edik. Ishlab chiqaruvchi endi uning taqdimot sanasini rasman ma’lum qildi.

O‘QING: "Jamoa! Brigada! Bizga qo‘shil!": Xiaomi, Vivo, Oppo va Realme birlashishdi!

Taniqli informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-akkauntida mazkur kamerofon haqida muhim ma’lumot e’lon qildi. Unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi Oppo Reno 3 smartfonlar turkumini 26 dekabrda bo‘lib o‘tadigan tadbirda jamoatchilikka rasman ko‘rsatadi.

Ushbu turkumga ikkita model kiradi va ular dunyodagi eng yupqa 5G-smartfonlar sifatida rekordchi bo‘lyapti. Biroq ularning narxlari hozircha noma’lum.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq to‘qqizinchi hafta)

Oppo Reno 3 standart smartfoni MediaTek kompaniyasi yaqinda taqdim etgan Dimensity 1000 protsessoriga asoslangan. Mazkur chipset AnTuTu benchmarkining etalon testida Snapdragon 855+ va hattoki Apple A13 Bionic protsessorlaridan ham yuqori natija ko‘rsatgan.

Yanada ilg‘or – Oppo Reno 3 Pro versiyasi bo‘lsa Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 765G chipseti bazasiga qurilgan. Bu modelning ekran yangilanish chastotasi sheriginikiga qaraganda yuqori bo‘ladi.

O‘QING: Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!