Rekordchi flagman – Galaxy S20 Ultra xususiyatlari hayratga soladi!

  •   DiMaX
  •  6163
  •  14.01.2020 14:39

Rekordchi flagman – Galaxy S20 Ultra xususiyatlari hayratga soladi!

Shu yilning 11 fevralida Samsung kompaniyasi Galaxy S20 turkumi smartfonlarini namoyish etadi. Unda standart flagmandan tashqari Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra modellari ham bo‘lishi ma’lum.

O‘QING: Ilk «jonli» surati Galaxy S20+ 5G’ning antiqa jihatini fosh etdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bulardan oxirgisi o‘tgan yilgi Galaxy S10e modelining davomchisi – ixchamroq model bo‘lmasdan, balki yangi uchlikning eng kuchlisi ekan!

XDA Developers resursi bosh muharriri Maks Vaynbax mana shu – Galaxy S20 Ultra modelining texnik xususiyatlarini e’lon qildi. Unga qaraganda, mazkur smartfon 1 terabaytgacha hajmli SD-karta o‘qiy oladi. Flagmanning o‘zi ichki xotirasi 128/2566/512 gigabaytlik, tezkor xotirasi esa 12/16 gigabaytlik hajmga ega variantlarda taklif etiladi. Aytish kerakki, rekord darajada – 16 gigabaytlik «operativka»ga ega smartfonni xitoylik kompaniya ham birinchi bo‘lib taqdim etmoqchi bo‘lib turibdi.

Maks Vaynbaxning yozishicha, Samsung ushbu flagmanini 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlayapti. 45 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bo‘yicha uni 0 dan to 100 foizgacha atigi 74 daqiqada to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Galaxy S20 Ultra bosh kamerasining asosiy datchigi 108 megapiksellik bo‘lib, uning yana bir moduli – 100 karralik gibrid zumga ega periskop kameradir. Kamera jamlanmasida yana keng burchakli ob’yektiv bilan taqdim etiluvchi 12 megapiksellik sensor ham mavjud. Vaynbax e’lon qilgan tasvirga ko‘ra, mazkur flagmanning beshtalik kamera blogi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Samsung Galaxy S20 Ultra eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 865 bazasida ishlaydi. Uning ekrani diagonaliga 6,9 dyuymlik bo‘lib, AMOLED matritsaga hamda 2K formatidagi tasvir sifatiga ega.

Demak, salkam bir oydan so‘ng Samsung Galaxy Unpacked tadbirida yangi avlod flagmanlarini, shuningdek, Galaxy Buds simsiz quloqchinlarini ko‘ramiz. Samsung mazkur taqdimotida yana bir innovatsion devaysini ham ko‘rsatmoqchi...

O‘QING: 11 fevralda chiqayotgan Galaxy Z Flip smartfonini «jonli» rasmda ko‘ramiz