Renault K-ZE: arzon elektr krossover

  •   Saroy
  •  898
  •  03.10.2018 11:45

Renault K-ZE: arzon elektr krossover

Fransiyaning Renault kompaniyasi elektrda yuradigan yangi krossoverni namoyish qildi.  Renault K-ZE deb nomlangan yangi elektromobil arzon variant sifatida taqdim etilmoqda va yaqin orada sotuvga chiqariladi.

Renault K-ZE katta ko‘p funksiyali displey, orqani ko‘radigan kamera va boshqa qulayliklar bilan ta’minlangan. Muhandislarning ta’kidlashicha, Renault K-ZE krossoverining yurish zaxirasi bir zaryadkada 250 km (NEDC sikli bo‘yicha). Yangi mashina ikkitalik quvvat olish tizimiga ega, shu bois uni oddiy maishiy rozetkadan ham, ixtisoslashtirilgan quvvat olish stansiyasidan ham zaryadlantirish mumkin.

O‘QING:Uniti One: tirbandlikdan qo‘rqmaydigan elektromobil

Ichki imkoniyatlari va boshqa tavsiflari haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu borada  ishlab chiqaruvchi sukut saqlamoqda. Lekin shu narsa ma’lumki,  Renault K-ZE Xitoyning  e-GT New Energy Automotive Co kompaniyasi tomonidan yig‘iladi.

Xitoy bozorida Renault K-ZE elektromobili 2019 yilda chiqadi.  2021 yilga kelib krossover xalqaro bozorga ham chiqariladi. Aniq narxi aytilmayapti, lekin taxminan 9 ming dollar atrofida bo‘ladi deyilmoqda. Bu  elektrokarlar uchun arzon narx hisoblanadi.

O‘QING:DS 3 Crossback E-Tense: fransuzlarning elektrokrossoveri namoyish etildi