Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining sayti ishga tushdi

Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazining sayti ishga tushdi

«O‘zstandart» agentligining Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi murojaat etuvchilar va buyurtmachilarning talab-takliflarini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida internet tarmog‘ida o‘z rasmiy sayti— www.mxkm.uz faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Bu saytda markaz faoliyati borasidagi yangiliklar bilan tanishish hamda taklif etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish imoniyati yaratildi.

Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash, yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish, davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish, mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish, o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish singari vazifalarni amalga oshiradi.