Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

  •   DiMaX
  •  5244
  •  22.11.2020 21:42

Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Vatikanda braziliyalik model Nataliya Garibottoning erotik surati ostida «Rim papasi»dan layk paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holat ustidan tekshiruv olib borilmoqda. Bu to‘g‘rida «RIA Novosti» xabari asosida Sputnik nashri yozmoqda.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

«Biz yuz bergan voqea bo‘yicha Instagram’ning kompetent xizmati yordamida surishtiruv o‘tkazyapmiz», – degan jurnalistlarga ushbu holat yuzasidan berilgan savolga Muqaddas taxt matbuoti xizmati rahbari Matteo Bruni.

27 yashar Garibottoning Instagram’da 6 oktyabr kuni e’lon qilingan suratida, model kalta yubka va oq chulkida maktab o‘quvchisi obrazida bo‘lgan. Bir hafta oldin esa, ushbu suratga go‘yoki Rim papasi Fransisk tomonidan «layk» bosilgan.

Ertasi kuni layk g‘oyib bo‘lgani bilan, ammo pontifik tomonidan ma’qullash belgisi qizg‘in salbiy ma’nodagi muhokamalarni tug‘dirdi.

Vatikan Muqaddas taxt vakillari bu voqeaga mutlaqo aloqador emasliklarini qat’iy ma’lum qilib, ushbu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga tushuntirish uchun murojaat qilganlar.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi

Bularning barchasiga qaramay, versiyalardan biriga ko‘ra, ushbu layk pontifikning Instagram’dagi rasmiy sahifasini yuritish bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan biri tomonidan qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligi, u bu ishni o‘z sahifasidan amalga oshirishni, ya’ni qayta ro‘yxatdan o‘tishni unutgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Natijada, Garibotto yanada mashhur bo‘lib ketdi, Rim papasi Fransiskning dushmanlari esa ushbu o‘ng‘ay kelib qolgan vaziyatdan uning nomini bulg‘ash uchun foydalandilar.

So‘nggi yillarda Muqaddas taxt internetdagi faoliyatga, xususan, ijtimoiy tarmoqlarga ayniqsa katta e’tibor qaratmoqda. Pontifikning Twitter’dagi akkaunti Rim papasi Benedikt XVI davridayoq, ya’ni 2012 yilda ishga tushirilgan. Fransisk ushbu mikroblogda birinchi xabarini Apostol taxtiga saylanganining beshinchi kunida joylagan edi. Papaning Instagram’dagi @Franciscus akkaunti 2015 yilning martida ochilgan va bugungi kunda kuzatuvchilari soni 7,4 million kishiga yaqinlashgan.

O‘QING: Islom akademiyasida internetdagi mafkuraviy va diniy tahdidlarga qarshi turuvchi mutaxassislar tayyorlanadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!