R.Kusherbayev: «Mening fikrim» portalining ish berishiga ishonchim o‘lgan

  •   DiMaX
  •  449
  •  19.02.2021 10:27

R.Kusherbayev: «Mening fikrim» portalining ish berishiga ishonchim o‘lgan

Kuni kecha biz IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazishni tekin qilish haqidagi jamoatchilik murojaati «Mening fikrim» portalida kerakli ovoz to‘plaganiga qaramay, bir yildan buyon e’tiborsiz qolayotgani haqida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning fikrlarini keltirgan edik. Deputat Rasul Kusherbayev ushbu portal bo‘yicha ko‘p fikrlar bo‘layotgani haqida o‘zining Telegram-kanalida to‘xtalib o‘tdi.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

«Ochig‘i, tanqidlarni inkor etish qiyin. Xatto men ham boshda Prezident tomonidan ushbu portalni tashkil etish haqida tashabbus ko‘rsatilganida ko‘p narsalarni umid qilganman.

Lekin bizda Prezidentning taklif va tashabbusini «qalpoq» qilib amalga oshirish amaliyoti zo‘r ishlamaydimi: buzma, desa buzishadi, tekshirma, desa tekshirishadi, tadbirkorni boshingda ko‘tar, desa uni boshiga chiqishadi. Shundanmi bu portal ham ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, quloqqa xush eshitiladigan bo‘ldi, lekin odamlarga foydasi...

Xullas deputat sifatida portalni tanqid qila olmayman, tilim boru haqqim yo‘q. Biroq oddiy fuqaro sifatida aytsam bu portalni ish berishiga ishonchim o‘lgan, uni borligi bugun esimga tushdi», deb yozadi deputat.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!