Robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  3097
  •  28.10.2019 13:20

Robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘ring!

Corridor nomli YouTube-kanalda robotlarning ustidan kulingan turli videolavhalar joylab boriladi. Navbatdagi rolikni ko‘rsangiz, AQSh armiyasida ishlagan muhandisning «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotiri bejiz emasligiga amin bo‘lasiz.

O‘QING: Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

Ushbu kanal blogerlari robotlar ishtirokidagi videoroliklar loyihasini «Bosstown Dynamics» deb nomlagan. Bu Amerikadagi robototexnika kompaniyasi – Boston Dynamics nomiga parodiyadir. Kanaldagi yangi lavha «New Robot Makes Soldiers Obsolete» deb nomlangan, bu esa taxminan «Yangi robot askarlarni eskirgan, deb hisoblaydi» deganidir.

Mana, uni o‘zingiz tomosha qiling:

Rolikda android (odamsimon robot) har xil sinovlarga solingan mashq jarayoni ko‘rsatilgan. Unda tajribachilar robotning o‘z vazifasini bajarishiga ataylab xalaqit berishadi – uni o‘qqa tutishadi, tepishadi, temirlar bilan urishadi. Bu xo‘rliklarga chiday olmagan jangovar robot oxiri askarlarni o‘qqa tutadi!

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Eng muhim jihati shundaki, yuqoridagi videorolikda sinab ko‘rilayotgan jangovar robotga boshqa bir – Boston Dynamics’ning to‘rt oyoqli robotini o‘ldirish buyuriladi. Lekin robot-askar uning ham o‘zi kabi robot ekanini fahmlab, bu buyruqqa bo‘ysunmasdan, aksincha, to‘rt oyoqli «qardosh»ini ko‘tarib olganicha qochib ketadi! Bunisi endi askarning isyon ko‘tarishi, robotlar qo‘zg‘olonining boshlanishidir!

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda turli robotlar yaratilib, har xil sohalarda ulardan foydalanilmoqda. Jumladan, Terabayt.uz saytida ham robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robotning endi oila qurishni istagan, shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan, «Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan, Ilon Mask odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi, Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektor ish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!