Robot Sofiya jami million dollarlik suratlarini sotdi – avtoportreti $688 mingga ketdi!

  •   DiMaX
  •  570
  •  30.03.2021 17:31

Robot Sofiya jami million dollarlik suratlarini sotdi – avtoportreti $688 mingga ketdi!

Odamsimon ko‘rinishga ega Sofiya robotining Sophia Instantiation nomli avtoportreti bir-birining o‘rini bosmaydigan tokenlar ko‘rinishida 688 ming dollarga sotildi. Bu to‘g‘rida Korrespondent.net xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: $6 millionga sotilgan 10 soniyalik videoning siri nimada?

Kartina Eterna Capital blokcheyn-investitsiya sherigi va rassom Andrea Bonacheto ko‘magida yaratilgan. Aynan u robotning yorqin va rang-barang portretini yaratib, ushbu jarayonni boshlab bergan. Sofiya o‘zining tashqi ko‘rinishini chiza olishi uchun portret avvaliga uning neyron tarmoqlari orqali qayta ishlangan.

Ta’kidlanishicha, bu shunchaki kartina emas. Bu — davomiyligi 12 soniya bo‘lgan videorolik hisoblanib, unda Bonachetoning portreti Sofiyaning suratiga aylanishi namoyish etilgan. Lotdan nafaqat klip, balki robotning portreti ham o‘rin olgan. Uni 888 niki ostidagi kriptorassom sotib olgan bo‘lib, u o‘z xarididan so‘ng, etlari jimirlab ketganini ta’kidlagan.

Auksionda bir nusxada sotilgan avtoportretdan tashqari, Sofiyaning 30 nusxadan iborat boshqa ishlari ham bo‘lgan — o‘zini yaratgan insonlar portretlari: Devid Xenson va Ben Gertsel. Ularning narxi 2,5 mingdan 3 ming dollar oralig‘ida bo‘lgan. Umumiy hisobda Sofiya million dollar ishlab topgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil mart oyidagi intervyusida Sofiya odamlarni yo‘q qilishini aytgan edi. Keyinchalik, 2021 yil aprelida AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qildi, biroq bu hazil ekanligini qo‘shib qo‘ygan edi.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS