Robotlar odam emas: ular shuni yodda saqlashga majbur

  •   Saroy
  •  1266
  •  11.10.2018 12:14

Robotlar odam emas: ular shuni yodda saqlashga majbur

AQShning Kaliforniya shtatida har qanday robot yoki sun’iy intellekt odamlar bilan munosabat qilayotganda o‘zining sun’iy kelib chiqishini avvaldan ma’lum qilishi kerak. 2019 yilda bu borada maxsus qonun qabul qilinadi.

Yangi qonun «reklama biznesini muvofiqlashtirishga sharoit yaratishi va savdodagi nuqsonlarni bartaraf qilishi maqsadida ishlab chiqilmoqda». Ushbu qonunni qabul qilishning mohiyati shunday iboratki, sun’iy intellekt va neyrotarmoqlarni yaratish sohasidagi taraqqiyot botlar tirik odamlar bilan virtual aloqa qilganda ularning sun’iyligini bilish qiyin bo‘lib qolishidir. Bundan esa, ko‘plab kompaniyalar reklama maqsadida o‘zlarining robotlarini tirik mashhurlarga yoki shunchaki oddiy odamlarning niqobi tariqasida foydalanishi mumkin.

O‘QING:Qotil-robotlar odamlarga o‘z qarorini tushuntiradi

Kaliforniya parlamenti vakillari ishonch bilan aytishmoqdaki, bu kabi qonunlarni qabul qilish vaqti allaqachon kelgan. Sun’iy intellekt savdo sohasidan tashqari, mamlakatning siyosiy sohalariga ham ta’sirini o‘tkazmoqda. Mahalliy mansabdorlar bunga AQShdagi saylovlarga ta’sir qilmoqchi bo‘lgan rossiyalik xakerlarni misol tariqasida keltirmoqdalar.

Botlar bilan bog‘liq muammolar keyingi paytlarda epidemiyaga aylanmoqda. Bunga misol tariqasida,  AQShda mashhur  sanalgan  Twitter ijtimoiy tarmog‘ini aytib o‘tish mumkin. Shu yilning may oyida ushbu sayt rahbariyati  bir haftaning o‘zida 9,9 millionta «ehtimoliy spamlashgan va avtomatlashtirilgan akkauntlarni yopganini» ma’lum qildi.  

O‘QING:Yana robotlar: ular endi maktablarda muallimlik ham qilishmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!