Rockstar GTA 6 videolari o'g'irlanganligini tasdiqladi

Rockstar GTA 6 videolari o'g'irlanganligini tasdiqladi

Hali chiqarilmagan GTA VI o'yinining 100 ga yaqin videolari tarqalib ketdi. Garchi o'yin hali to'liq ishlab chiqilmagan bo'lsa ham, videolardan bo'lajak Grand Theft Auto o'yini haqida ko'plab narsalarni bilib olish mumkin bo'ldi. Rockstar tarqatib yuborilgan o'yinlar navbatdagi GTA o'yiniga tegishli ekanligini va u kompaniya tarmog'idan o'g'irlanganligini rasman tasdiqladi.

"Yaqinda biz tarmog'imizga uchinchi tomon buzib kirganini va ruxsatsiz bizning tizimlarimizdan maxfiy ma'lumotlarni, jumladan, keyingi Grand Theft Auto o'yini uchun dastlabki ishlab chiqish tasvirlarini noqonuniy yuklab olganini payqadik." deydi Rockstar Twitter'da. "Navbatdagi o'yinimiz haqidagi tafsilotlar siz bilan shu tarzda ulashilayotganidan juda xafamiz. Keyingi Grand Theft Auto o'yinimiz ustida olib borilayotgan ishlar rejalashtirilganidek davom etadi va biz sizga, o'yinchilarimizga kutganingizdan ham yuqori tajribani taqdim etishga sodiq qolamiz."

Shuningdek, kompaniya tez kunda hammani yangiliklardan boxabar qilishini va o'yin tayyor bo'lganda barchani u bilan tanishtirishini ma'lum qilgan.

O'QING: iPhone 14 Pro dinamik oroli uchun eng kreativ g'oya!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!