Rolls-Royce gibridli uchar taksi namoyish qildi

  •   Saroy
  •  802
  •  17.07.2018 12:34

Rolls-Royce gibridli uchar taksi namoyish qildi

Mashhur avtomobil brendi Rolls-Royce shahar uchar taksisining yangi varianti ustida ish olib borayotgani haqda ma’lum qildi, u vertikal tarzda ko‘tariladi va  yerga qo‘nadi.

O‘QING:Dunyodagi ilk odam tashuvchi dron uchar mashinani eslatmoqda

Rolls-Royce uchar apparati EVTOL (Electric Vertical Take Off and Landing), deb nomlandi va raqobatchilari Airbus va Uber’lardan farq shundaki, u vertikal tarzda havoga ko‘tarilish va qo‘nish mexanizmiga ega.  Ushbu manevrni amalga oshirish uchun aerotaksining qanotlari 90 darajaga buriladi. Apparat havoga ko‘tarilgandan keyin uning parraklari yig‘iladi va dumidagi dvigateli ishga tushiriladi. Bu ovozni va parvoz vaqtidagi qarshilikni pasaytiradi.

O‘QING:Tokioda politsiyachi dron dronlarni “ovlayapti”

Rolls-Royce EVTOL  gibridli tortish kuchiga ega, u quvvati 500 kVt bo‘lgan  elektromotor va gazoturbinli M250 dvigateldan iborat. Ixtirochilar atayin mashinani gibridli qilishgan. Chunki bu parvoz masofasini oshiradi va yo‘lovchilarga xizmat qilish maydonini kengaytiradi. Rolls-Royce aerotaksisining parvoz tezligi 400 km/s. U bir uchishda 800 kilometrgacha parvoz qila oladi. Dastlabki seriyali modeli bozorga 2020 yillarga borib chiqariladi, deyiladi xabarda.