«Roskachestvo» bahordagi eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2034
  •  29.03.2019 10:18

«Roskachestvo» bahordagi eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi

Rossiyaning sifat nazoratiga ixtisoslashgan tashkiloti – «Roskachestvo» ayni damgacha bozorga chiqqan smartfonlar reytingini ma’lum qildi. Ro‘yxatga 2018 yilning oxirlarida hamda 2019 yilning boshida chiqqan 25 ta yangi model ham kirgan.

O‘QING: Rossiyada eng zo‘r smartfonlar ma’lum bo‘ldi

Ushbu reyting xalqaro ICRT (International Consumer Research & Testing) konsorsiumi bilan hamkorlikda tuzilgan. Ro‘yxatni shakllantirish uchun mazkur ikki tashkilot 350 dan oshiq modellardagi smartfonlarni test qilib ko‘rgan.

Shunday qilib, top-uchlikni Samsung’ning so‘nggi flagmanlari – Galaxy S10 (sotib olish), Galaxy S10+ (xarid qilish) hamda Galaxy S10e modellari zabt etgan. To‘rtinchi o‘rin ham koreyslarda – Galaxy Note 9 (sotib olish) fableti. «Ashaddiy raqib»ning iPhone XS Max (xarid qilish) hamda iPhone XS (sotib olish) flagmanlariga esa beshinchi va oltinchi o‘rinlargina nasib etgan.

Ro‘yxatning yettinchidan to‘qqizinchigacha bo‘lgan pog‘onalarini ham Samsung begona qilmagan: Galaxy S9 (sotib olish), Galaxy S9+ (xarid qilish) va Galaxy S8 bilan ularni egallagan. Xitoyliklarning Huawei Mate 20 Pro flagmani kuchli o‘ntalikni yakunlab bergan.

Reytingda baholangan smartfonlarning test xulosalari bilan batafsil «Roskachestvo»ning rasmiy saytida tanishish mumkin.

O‘QING: iPhone’lar ham arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 27 mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!