«Roskachestvo» reytingi: 2019 yil kuzdagi eng zo‘r smartfonlar

  •   DiMaX
  •  1762
  •  16.09.2019 14:01

«Roskachestvo» reytingi: 2019 yil kuzdagi eng zo‘r smartfonlar

Sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi) ayni damgacha bozorga chiqqan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat ICRT (International Consumer Research & Testing Ltd) tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida shakllantirilgan.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Tadqiqotlarning natijalari bilan tanishish uchun mana bu havola orqali «Roskachestvo» rasmiy saytidagi maxsus sahifaga o‘tishingiz mumkin, quyida esa faqat eng yuqori ball olgan modellar reytinglarini keltiramiz. Quyidagi birinchi jadval mazkur tadqiqotda eng yuqori ball olgan yangi modellar ro‘yxatini aks ettiradi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, janubiy koreyaliklarning Galaxy Note 10 Plus flagmani yangi smartfonlarning yetakchisi bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Google Pixel 4 XL va Samsung Galaxy Note 10 Plus'larning kamerasi taqqoslandi

Ikkinchi jadval esa hozirgacha sotilayotgan barcha (shu jumladan, nisbatan eski rusumlardagi) smartfonlarning umumiy reytingini ko‘rsatadi. Yozgi yetakchi – Galaxy S10 Plus (sotib olish) bu gal ham o‘rnini hech kimga bermagan – 4,229 ball.

sonAytish kerakki, «Roskachestvo» mutaxassislari smartfonlarni naq 231 ta parametr bo‘yicha tekshirib ko‘rib shunday xulosalarga kelishgan, tekshiruv tafsilotlari bilan mana bu yerda tanishish imkoni mavjud.

O‘QING: Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!