«Roskachestvo» reytingi: Windows va MacOS uchun eng yaxshi antiviruslar

  •   DiMaX
  •  702
  •  31.05.2019 15:11

«Roskachestvo» reytingi: Windows va MacOS uchun eng yaxshi antiviruslar

Rossiyaning sifat nazoratiga ixtisoslashgan tashkiloti – «Roskachestvo» turli mahsulotlarning reytingini e’lon qilib keladi. Jumladan, mazkur tashkilot eng yaxshi smartfonlarning 2017, 2018 va 2019 yillardagi reytinglarini taqdim etgan.

O‘QING: Kompyuter samaradorligiga antivirus qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Mazkur tashkilot ICRT (International Consumer Research and Testing Ltd) bilan hamkorlikda antiviruslar bo‘yicha navbatdagi tadqiqotini o‘tkazdi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmasdan turib, RBK nashrining qo‘liga tushib qolgan va saytiga chiqarilgan.

Shunday qilib, «Roskachestvo»ga ko‘ra, Windows operatsion tizimi uchun eng yaxshi antiviruslar beshligi quyidagicha:

  1. Internet Security (Bitdefender).
  2. Internet Security (ESET).
  3. Antivirus Free Edition (Bitdefender).
  4. Security Deluxe (Norton).
  5. Free Antivirus (Avast).

O‘QING: Kaspersky va ESET NOD32: qaysi antivirus yaxshi?

Shuningdek, MacOS uchun eng yaxshi antiviruslar beshtaligi ham e’lon qilingan:

  1. Cyber Security Pro (ESET).
  2. Internet Security (Kaspersky).
  3. Antivirus for Mac (Bitdefender).
  4. Antivirus for Mac OS (G Data).
  5. Security Deluxe (Norton).

Xabarga ko‘ra, reytingda Windows uchun 25 ta, MacOS uchun esa 10 ta antivirus dasturi baholangan. Ularning har biri 365 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Shunisi ham borki, «Doktor Veb» hamda «Kasperskiy laboratoriyasi» vakillari mazkur tadqiqot natijalariga ishonchsizlik bildirishgan. Ularning ta’kidlashicha, «Roskachestvo» antiviruslarni tekshirish metodologiyasini ketma-ket ikkinchi marta batafsil oshkor etmayotir.

O‘QING: Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!